Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 142
Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Odatda, insonlarning 80 foizdan ko‘pi oylikdan maoshgacha kun ko‘radi. Tinimsiz kreditlar, rejada yo‘q bo‘lgan xarajatlar, sovg‘alar… Ayrimlar topgan maoshini keyingisini olgunga qadar sovurib yuborishga odatlangan.

Bunday yashash jonga tegdimi? Biz nima sababdan hamyoningiz doim bo‘sh bo‘lib qolishining asosiy sabablarini aytib o‘tamiz. Ulardan hech bo‘lmasa birginasini to‘g‘rilashga harakat qiling — balki shu yo‘l bilan yashash tarzining yangi darajasiga ko‘tarilarsiz.


Shaxsiy byudjet

O‘z pullaringizni nimaga sarf qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Yaxshisi, so‘nggi haftada qilgan barcha xarajatlaringizni yozib chiqing. Barcha olingan mahsulotlar chindan ham zarurmi? Ayrim mahsulotlardan pulni tejash mumkinmi? Byudjet rejasi yo‘qligi — sizning iqtisodiy farovonlik kemangizni asosiy teshigidir. Agar shaxsiy byudjetingizni hech bo‘lmasa, bir oyga to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganmasangiz moliyaviy ahvol ijobiy tomonga o‘zgarmaydi.


Iqtisodiy savodsizlik

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Ha, bu tabiiy holat. Er sharining katta qismi — iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tamomlagan insonlar asosiy iqtisodiy sharoitlarni tushunish shart emas, deb hisoblashadi. Buni bir yo‘l bilan to‘g‘rilash mumkin: atrofda nima bo‘layotgani bilan qiziqing, neft narxi pul birligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga harakat qiling. Qarabsizki, aslida pullar qaerdan kelayotganini tushunasiz.


Moliyaviy loqaydlik

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Ko‘plab insonlar ularning istiqboli normal maoshlarga yomonlasha boshlaganiga qo‘l siltab ketishadi. Pulni to‘g‘ri investitsiya qilish va ortiqcha mablag‘larni qanday tasarruf qilish haqida rejalar tuzish o‘rniga ular o‘z shaxsiy maoshlariga tayanib, pul zaxiralarini ko‘paytirish haqida bosh qotirishni istashmaydi. Moliyaviy loqaydlik iqtisodiy tushkunlikka olib keladi. Buni muhim maqsadlarga maksimal kontsentratsiya qo‘ygan holda bartaraf etish mumkin.


Pul - kul

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Pullar muhim emas. Ular sizni baxtli qilmaydi. Man shunday fikrga qanday qaraysiz? Albatta, pullar muhim narsa emas. Ba’zida oilangiz uchun yanada qulayroq sharoitlar yaratib berish uchun pul topa olmay qolasiz, biroq siz — birgasiz. Yodda tuting, siz tovar-pul munosabatlaridan jirkanishni to‘xtatmas ekansiz, pul chindan ham yaxshi hayot asosi ekanligini tushuna olmaysiz.


Kimlardir yomonroq yashaydi

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Qashshoqlashgan haqiqatdan qochishning yana bir usuli. Uzoqroqda turgan yigitdan ko‘proq maosh olishingizni tushunish sizni badavlat qilmaydi. Shunchaki sizni ovutadi va bir joyda ushlab turadi. Bu xuddi mana shunday o‘y: «Hech qisi yo‘q, Afrikada bolalar mutlaqo och!».


Dangasalik

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

To‘qqizdan oltiga qadar ishlash qiyinmi? Ish tartibi shundaymi? Aslida, undan ham ko‘proq ishlay olishingiz mumkin. O‘ylab ko‘ring, tushlik tanaffuslari uchun qancha vaqt sarflaysiz? Ish uchun esa aslida qancha vaqt ketadi — internet o‘yinlari uchun ketgan vaqtni hisoblamasangiz kerak? O‘zingizdan nolishni to‘xtating. Yaxshi mablag‘ topish niyatidamisiz — ko‘proq ishlang.


Yomon insonlar

Kambag‘allikning asosiy sabablari va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari

Siyosatchilar bizlarni qutqaradi. Ular albatta, o‘rta tabaqa vakillari haqida qayg‘urishi lozim. Biroq, ular bo‘lmasa, sehrgar uchib keladimi? O‘z iqtisodiy holatingizda o‘zgalarni ayblash — idrok darajasining yaqqol misoli. Siyosatchilarga suyanib yashashni to‘xtating va o‘z pullaringiz haqida qayg‘urishni o‘z qo‘lingizga oling.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar