Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

OAV: Galaxy Note 7 telefonlarining portlashiga Apple bilan bog‘liq raqobat sabab

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94
OAV: Galaxy Note 7 telefonlarining portlashiga Apple bilan bog‘liq raqobat sabab

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Note 7 smartfonlarining portlashini - shoshilish va xodimlarining o‘ta charchagani natijasi hamda kompaniyaning o‘z qurilmasini Apple kompaniyasi taqdimotidan avvalroq taqdim etish va sotilgan telefonlar bo‘yicha ortda qoldirish istagi bilan izohlash mumkin. Bu haqda, Bloomberg agentligi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaxshi tanish bo‘lgan manbalariga asoslangan holda yozmoqda.

Agentlikka ko‘ra, iPhone 7 telefonlarida keskin o‘zgarishlarga qo‘l urilmagani va smartfonlar bozorida inqilob yasamasligi to‘g‘risidagi xabarlarga asoslangan Samsung rahbariyati Note 7 telefonlarini savdoga chiqarishni tezlatish bilan 2016 yilda Apple kompaniyasini ortda qoldirish mumkin, deb hisoblagan. Shu tufayli kompaniya smartfon tasnifini tasdiqlab, taqdimot marosimini 3 avgust kuniga belgilagan.

Samsung kompaniyasiga butlovchi qismlar etkazib beruvchi firma vakilining so‘zlariga ko‘ra, taqdimot marosimi yaqinlashgani sayin ishchilar deyarli dam olish kunisiz ishlagan, buyurtmachi esa tinimsiz qurilma tasnifini o‘zgartirgan. Shu bilan birga, Samsung ishchilarining o‘ziga ham bosim kuchaytirilgan. Ular idoraning o‘zida qolishlariga to‘g‘ri kelgan.

Note 7 akkumulyatorlarining portlashi va telefonning yonishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tusha boshlagach, kompaniya muammoni bartaraf etish ustida ham uzoq vaqt bosh qotirgan. Nuqsonli smartfonlarni qaytarib olish bilan birga akkumulyatorlarni almashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Ayni vaqtda, Samsung 2,5 million dona smartfonni qaytarib olgan, Janubiy Koreyada savdolar 28 sentyabrda qayta boshlanadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar