Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.09.2016

Xitoylik tadbirkor itiga sakkizta iPhone 7 sovg‘a qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111
Xitoylik tadbirkor itiga sakkizta iPhone 7 sovg‘a qildi

"Xitoy ko‘chmas mulk qiroli" Van Tszyanlinning 28 yoshli o‘g‘li Van Sikong o‘zining iti - Koko uchun sakkizta iPhone 7 smartfonini xarid qildi. Bu haqida Daily Mail mahalliy OAVga asoslanib, xabar berdi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Kokoning shaxsiy akkaunti mavjud bo‘lib, uni 1,9 million foydalanuvchi kuzatadi. iPhone 7 sotuvlarining ilk kunida uning sahifasida smartfon qutilarining surati paydo bo‘lgan.

Bir yil avval Van Sikong iti uchun Apple'ning har biri 12 ming dollar qiymatga ega ikki tilla soatini xarid qilgandi.

"Mening ikki yangi soatim bor! Aslida menga to‘rtta soat kerak, chunki to‘rtta oyog‘im bor. Biroq bunday bo‘lsa, haddan oshgan bo‘lardim, shu bois ikkita bilan cheklanishga qaror qildim, bu men uchun ayni muddao. Senda ham shunday soat bormi?"
Weibo'dagi surat ostida qoldirilgan yozuvdan

O‘sha oydayoq Van Sikong itiga Fendi'dan pushti rangli sumka hadya qildi.

Xitoylik tadbirkor itiga sakkizta iPhone 7 sovg‘a qildi

Van Sikong omadli ishbilarmon hamda Xitoyning 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat tadbirkorlaridan biridir. U Singapur va Londonda tahsil olgan. Van Sikong otasi - 24,2 milliard dollar davlati bilan Forbes bo‘yicha Xitoyning eng badavlat kishisi Van Tszyanlinning yagona merosxo‘ri hisoblanadi.

U sevimli itiga bag‘ishlab Coco Wang internet-do‘koniga asos solgan, bu erda jonivorlar uchun maxsus o‘yinchoqlar va aksessuarlar sotiladi.

Xitoylik tadbirkor itiga sakkizta iPhone 7 sovg‘a qildi

Xitoylik tadbirkor itiga sakkizta iPhone 7 sovg‘a qildi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar