Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 122
Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Dam olish uchun odamlardan ancha yiroqda bo‘lgan, noodatiy erlarga borish ayni muddao. Biroq bunday joylarni qaerdan topish mumkin? E’tiboringizga er sharining eng olis chekkalarida joylashgan dam olish maskanlarini havola etamiz. Ishonavering, bunday sayohat uchun har qancha sarflansa oz.

Saffire Freycinet, Tasmaniya, Avstraliya

Kundalik tashvishlardan qochayotgan mahal to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash lozim. Dunyodagi eng go‘zal plyajlardan birida joylashgan Saffire Freycinet mehmonxonasi chindan ham oqilona qaror bo‘la oladi.

Three Camel Lodge, Mo‘g‘uliston

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Agarda siz odatiy hayotdan chindan ham charchagan bo‘lsangiz, u holda bu maskan aynan siz uchun muntazir. Ulan-Bator reysi, keyin Dalanzadgad shahriga parvoz va yana 90 daqiqa sahroning qoq markazida joylashgan Camel Lodge binosiga qadar yo‘l... Siz bu erda chinakam ko‘chmanchi hayotni boshdan kechirasiz: xonalar eski o‘tovlardan tashkil topgan.

Explora, Patagoniya, Chili

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Bu erda siz yolg‘iz o‘zingiz bilan qolasiz: xodimlar ishga o‘zgacha yondoshadi va deyarli ko‘zga ko‘rinmaydi. Tabiat bilan uyg‘un holdagi taassurot, o‘rmon bo‘ylab sayohat — ha, chinakam orzular ro‘yobi.

Jade Screen Hotel, Xuanshan, Xitoy

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Yuypin tog‘ining cho‘qqisida joylashgan mehmonxona o‘z mijozlariga misli ko‘rinmagan erkinlik va mustaqil hayot tarzini taqdim qiladi. Biroq bu maskanga etib olish oson emas: qoyalar va bulutlar orasidan olib o‘tuvchi uzun yo‘ldan 60 000 qadam tashlab, ajoyib Jade Screen Hotel mehmonxonasiga etib olish mumkin.

Amankora, Butan qirolligi

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Himolay tog‘ yonbag‘rida joylashgan Amankora mehmonxonasi dunyoning eng tanho erlaridan biri sanaladi. Butun majmua qirollik bo‘ylab yoyilgan va bir-biridan uzoq erda joylashgan beshta uychalardan iborat.

Manta Resort, Pemba, Tanzaniya

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Akvariumda uxlashni istaganlar suv tagida joylashgan mazkur mehmonxonaga tashrif buyurishi mumkin. Kichik marjonlar oroli Pemba Hind okeanida joylashgan Zanzibar arxipelagining bir qismi sanaladi. Bu erda mehmonlar o‘ziga xos xonalar, tropik spa-muolajalari va hattoki, xususiy villalarni ham topishi mumkin. Albatta, bularning bari suv ostida uxlashga etmaydi.

Laucala, Fiji

Odamlardan yiroqdagi dam olish maskanlari

Dam olish maskanidagi 25 villaning har biri o‘z basseyniga ega. Bu erga kelish uchun hamyoningiz to‘la bo‘lishi zarur — masalan, odamlardan yiroqda bo‘lgan bu mehmonxonada qolishni taniqli va badavlat teleboshlovchi Opra Uinfri juda yaxshi ko‘radi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar