Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 162
Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

Sovutgichda xaridlar ro‘yxati turadi, ko‘zgu esa qizlarning pardoz qilishiga yordam beradi, derazalar esa ob-havoga qarab qanday kiyinish kerakligini aytadi. Kelajak uylariga xush kelibsiz!

"Aqlli” uy barcha buyruqlarni tushuna oladi: «Eshikni yop va chiroqlarni o‘chir». “Aqlli” uy barcha oila a’zolarning ovozini va ohangni ajrata oladi.

Oshxona

Buvijonlarimizning fikricha, mikroto‘lqinli pech va elektron qozonlarning paydo bo‘lishi — bu chinakam texnologik mo‘’jiza. Biroq texnologiyalarning ishtahasi karnay — bizlarni butunlay o‘zgacha oshxona landshaftlari kutmoqda.

Albatta, tez kunda uy bekalarining yonida Moley yoki Care-O-bot kabi robotsimon yordamchilar paydo bo‘lib qolmaydi. Biroq taom tayyorlash va mahsulotlarni saqlashga bo‘lgan yondoshuv tamoman o‘zgaradi.

Robot-bosh-oshpaz Moley internetdagi istalgan retseptdan ovqat tayyorlay oladi.

2015 yilda mahsulotlarni aniqlay oluvchi, ularning kaloriyasini aytib, retseptlar taklif qiluvchi oshxona stoli loyihasi taqdim etilgan edi.

Hozir bozorda kechiktirilgan start funktsiyasi va videokamera bilan intellektual pechli shkaflar mavjud. Siz uyga kelayotganda telefon ekranidan tovuq qanday pishayotganini tomosha qilishingiz mumkin.

Sovutgichlar ham ixchamroq va aqlliroq bo‘la boshlaydi. Ikki metrli qutilarga boshqa ehtiyoj qolmaydi (uylarning katta megapolislarga ko‘chishi natijasida ular kichiklashadi).

2010 yil Xalqaro engil sanoat dizayni tanlovida Mettyu Gilbrayd (Matthew Gilbride) moduli oshxona rejasini taqdim etgan edi, unga ko‘ra, tokchalar bir vaqtning o‘zida sovutgich, plita va konditsioner o‘rnini bosadi.

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

Sovutgich sizning ovqatlanishingizni nazorat qiladi. Elektron belgilar qaysi mahsulot aynigani, qaysi biri oz qolgani haqida xabar beradi. Har uch kunda sizning smartfoningizga xaridlar ro‘yxati kelib turadi.

Bozor bo‘ylab og‘ir yuk ko‘tarib yurish zamonaviy inson uchun begona ishga aylanadi. Onlayn xaridlar odatiy hol bo‘lib, birgina tugmani bosishingiz bilan barcha mahsulotlar oldingizda muhayyo bo‘ladi.

Yuvinish xonasi

Taniqli futurolog Yan Pirson (Ian Pearson) fikricha, 10–20 yildan so‘ng yuvinish xonasida juda ko‘p datchik va sensorlar ishlay boshlaydi.

Hojatxona stoli oldiga to‘shalgan gilamcha og‘irligingiz, tana harorati, yurak urishi va boshqa narsalarni o‘lchaydi.

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

“Aqlli” ko‘zgu nafaqat salomatlik haqida balki o‘zingiz haqida qayg‘urishingiz to‘g‘risida ham maslahat beradi. Qanday qilib husnbuzarlarni yo‘qotish kerak? Qanday pardoz bugun mos keladi? Bunday ko‘zgu prototipi CES-2015 ko‘rgazmasida taqdim etildi.

Ko‘p e’tibor ekologiyaga qaratiladi. Hozir yuvinish xonalarida suv va energiya chiqimiini nazorat qilishga yordam beruvchi qurilmalar mavjud. Kelajakda bu jarayonlar avtomatlashtiriladi. Qurilma qancha suv zarur bo‘lsa, shuncha suv tushiradi, sizga qulay bo‘ladigan suv haroratini ta’minlab beradi. Shuningdek, suv kanalizatsiya quvuri bo‘ylab ketmaydi. Insoniyat oldida muhim vazifa turibdi — tozalashni o‘rganish va suvni qayta ishlatish.

Xonalar

Xonalardagi barcha mebellar engil, ixcham va ko‘pfunktsional bo‘la boshlaydi. Birgina urinish bilan stol-transformer ish stolidan ovqatlanadigan stolga aylanadi, karavot esa divanga.

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

“Aqlli” xonalar uyquga yotishingizdan avval sizning dam olishingiz haqida qayg‘uradi. Xonani shamollatish uchun konditsionerni yoqadi, organizm melatonin — uyqu garmonini ishlab chiqarishi uchun deraza pardalarini mahkam qilib yopadi.

Muhim narsa — yoritish. Yorug‘likning sun’iy manbalari inson ritmiga bo‘ysunadi.

Kelajak uylaridagi derazalar yanada ko‘payadi. Ular ko‘proq kuyosh nuri taratib, maksimal tabiiy ranglarni o‘tkazib, qo‘shimcha funktsiyalarni ishlab chiqaradi.

MeteoGlass optsiyali Kaleva kompaniyasining derazalari ob-havo indikatoriga ega. Harorat oynaning o‘zida aks etadi.

Bugun shapka kiyish uchun endi internetdan havoni qidirish shart emas. Oynaga qarashning o‘zi etadi.

MeteoGlass indikatori har qanday yorug‘likda ishlaydi. Kechasi uyquga xalaqit bermaslik uchun avtomatik tarzda sustlashadi.

Ikki rejimdan birini tanlash mumkin:

• Faqat aktual harorat darajasini yoritish;

• −30 °C dan joriy haroratni yoritish.

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

Bu derazalarning ishlash tamoyili juda oddiy. Ko‘chada harorat va yorug‘lik datchiklari ishlaydi va ular ob-havo haqidagi aniq ma’lumotlarni to‘playdi.

Kelajakning yangi imkoniyatlari —MeteoGlass optsiyali derazalar.

Ob-havo indikatorili derazalar barcha uchun muntazir bo‘lgan eski ixtiro. Ularni Kaleva kompaniyasi ishlab chiqaradi va ko‘proq e’tiborni innovatsion oyna tizimlarini ishlab chiqarishga qaratadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar