Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104
Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

O‘z mualliflik OAVga ega Ilya Varlamov Facebook bosh idorasiga sayohat qildi. Mazkur bino taniqli arxitektor , Frenk Geri tomonidan loyihalashtirilgan va 2015 yil yoz oyida ochildi. Vc.ru nashri muallifning ruxsati bilan reportajdan ayrim fotosuratlarni chop etdi.

Yangi bosh qarorgohning maydoni 40 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Binoning ichida 2800 xodim faoliyat olib boradi, uning tomida esa 400 daraxtdan iborat bog‘ qad rostlagan.

Ilya Varlamov qayd etishicha, idorada ko‘plab bepul restoran va kafelar, uyqu va dam olish xonalari, o‘yin avtomatlari, sport maydonlari, stomatolog xonasi, kiyim tozalash xonalari mavjud. Xodimlar 10ga yaqin do‘stlarini taklif qilishi va birgalikda bog‘da sayr qilishi mumkin.

Avvaliga Varlamov eski korpuslarda bo‘ldi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, xodimlarga bosh idorada o‘z joyiga etib borishi uchun bepul velosipedlar beriladi.

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Agarda qaysidir hind xodim tushlikka butun oilasi bilan birga tashrif buyursa, bu odatiy holatdir. Bu erda taom bilan bog‘liq muammolar yo‘q.

— Ilya Varlamov

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Ishchilarga Apple smartfonlari va noutbuklari beriladi, har bir ishchi o‘zi uchun texnika tanlash huquqiga ega. Har bir qavatda zarur jihozlar — ulagich, klaviatura, batareykalar bilan to‘lgan avtomatlar mavjud.

Shuningdek, yordamchi mutaxassislar texnik muammolarni bartaraf etishga yordam beradigan va kerakli texnika bilan ta’minlaydigan maxsus hududlar ham mavjud. Varlamov ta’kidlashicha, mana shunday hududlarning birida unga GoPro kamera uchun yangi xotira kartasi berishgan.

Har bir aksessuar yonida uning narxi yozilgan bo‘lib, bu xodimlar texnikaning narxini bilishi uchun qoldirilgan. Albatta, qurilmalarning bari xodimlar uchun bepul.

— Ilya Varlamov

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Ishchilar ustaxona va musiqa xonalaridan ham foydalanishi mumkin.

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Yangi bino va uning tomidagi bog‘:

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Ish qavatiga tushish:

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Yangi korpus maketi:

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Uzoqdan ish joylarining ko‘rinishi:

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

«Odatda Mark Tsukerberg o‘tiradigan» muzokaralar xonasi. Varlamov tashrifi chog‘ida tarmoq asoschisi Afrikada bo‘lgan:

Facebook’ning Menlo-Parkdagi yangi bosh idorasiga sayohat

Juma kuni Tsukerberg shu oshxonada xodimlar savollariga javob beradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar