Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

«Million konserti 2016» ortidagi ta’qiqlangan video

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 170
«Million konserti 2016» ortidagi ta’qiqlangan video

Internet bloggerlaridan biri Sanjar Said yana bir dolzarb mavzuni ko‘tardi. U muxolifatchilar va terrorchilarning internet orqali olib borayotgan hujumlarini aniq tushuntirib, odamlarni ogohlikka chaqirmoqda.

«Sahih hadislar, Qur’oni karim, diniy savol-javoblar, turli ma’rifiy maqolalar e’lon qilinayotgan sahifa, guruh, telegram kanallari, soxta profillar ko‘paygandan ko‘paygan. Ular odamlarni jalb qilish, ko‘proq a’zolarni to‘plash maqsadida avval ishonchli, qiziqarli ma’lumotlardan “xo‘rak” tayyorlaydi, maqsadga erishib, odamlar ishonchi va mehrini qozonib bo‘lgandan keyin esa asl maqsadga ko‘chib, ig‘vo, fisqu fasod tarqatish, O‘zbekistonda siyosiy, ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqaradigan ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlaydi.

Yaqindagina telegramdagi “Eng kizikarli TV” kanali “Million konserti 2016” degan videoda O‘zbekistonda taqiqlangan diniy ma’ruzani e’lon qildi. Uni qancha odam ko‘rgani, kimga qanday ta’sir qilgani Xudoga ayon. Soxta salafiylar, diniy ulamolar nomidan buzg‘unchi axborotlar tarqatilayotgan bu kabi holatlar, bunday misollarni ko‘p keltirish, uzoq sanash mumkin.

Shunday ekan, internetda kimlar bilan do‘st tutinayotganimiz, qanday manbalarga murojaat etayotganimiz, qaysi sahifalarga “layk”, “klass” bosib, telegramdagi qaysi kanallarga qo‘shilayotganimizga e’tibor qilaylik. Internet orqali biror diniy yoki siyosiy ma’lumot qidirsak, “.uz” domeniga murojaat qilsak yetarli. Diniy savollar bo‘yicha masjid imomlari, O‘zbekistondagi diniy tashkilotlarga murojaat etaylik, hozir deyarli hamma ko‘zga ko‘ringan masjidning o‘z sayti, feysbuk, telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari, juda ko‘p diniy ulamolarning profillari bor.

BILIB QO‘YING BU JINOYaT

To‘g‘ri, internetda kimningdir profilini tekshirib, kimlar bilan nimalar yozishayotganini nazorat qilishga texnik yoki jismoniy jihatdan imkon bo‘lmasligi mumkin, ammo biror joyda telefoningizdan taqiqlangan ma’ruza yoki siyosiy material, yozishmalar topilib qolsa bormi, oqibati juda yoqimsiz tugashi mumkin. Chunki ulardan foydalanish, olib yurish va tarqatish O‘zbekistonda jinoyat hisoblanadi. Bilib-bilmasdan yo‘l qo‘ygan xatomiz esa faqatgina o‘zimiz emas, oilamiz, yaqinlarimiz, real va virtual hayotdagi do‘stu yaqinlarimizga ham ta’sir qilishi mumkin.

Chetdan turib talvasaga tushayotganlarga esa e’tibor bermang. Ular bilan shug‘ullanadiganlar bor, biz esa shunchaki diqqat qaratmasdan, “ignor” qilsak kifoya, shuning o‘zi ular uchun katta jazo.»

Sanjar Said

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar