Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

Insonlar sayohat qilishdan bosh tortishlarining asosiy sabablaridan biri - mablag‘ etishmasligi. Aksariyat insonlar buning uchun juda ko‘p mablag‘ talab etiladi, degan fikrdalar, biroq mashhur sayyoh Mettyu Kepnesning tajribasi bunday emasligini isbotlaydi.

"Ko‘chmanchi Mett" nomi bilan tanilgan Mettyu Kepnes - amerikalik sayyoh, bir necha bestsellerlar muallifi, bloger. New York Times, CNN, National Geographic, Huffington Post, The Wall Street Journal va BBC nashrlarida maqolalari chiqqan.

U 10 yil avval zerikarli kotiblik kasbini tashlab, dunyo bo‘ylab sayohatga yo‘l olgandi. O‘shandan beri Mett deyarli 80 mamlakatda bo‘ldi va professional sayohatchiga aylandi. Endilikda u o‘z tajriba va ko‘nikmalarini boshqalar bilan bo‘lishmoqda. Uning yangi kitobi "Qanday qilib kuniga 50 dollar sarflab dunyo bo‘ylab sayohat qilish mumkin" deb nomlangan. Quyida ushbu kitobdan keltirilgan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

1. Chipta va mehmonxonalarni juda erta band qilmang

Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

Aksariyat yosh sayyohlar chipta va mehmonxonalarni qanchalik erta band qilsang, shunchalik arzonga tushadi, deb o‘ylashadi, biroq bu qoida har doim ham ish beravermaydi. Mettyu Kepnes aviachiptalarni jo‘nashdan 3-4 oy oldin buyurtma qilishni tavsiya qilmaydi. Agar siz kruiz yoki paket tur rejalashtirgan bo‘lsangiz, u holda oxirgi daqiqalargacha kutish kerak.

"Sayyohlik kompaniyalari barcha joylarni to‘ldirib, yo‘llanmalarni sotishi kerak, shu bois ular ba’zan misli ko‘rilmagan narxlar taklif etishadi".
Mettyu Kepnes

2. Sayyohlik joylari yaqinida ovqatlanmang

Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

Aksariyat sayyohlar mashhur obidalar yoki diqqatga sazovor joylar yaqinida harakatlanishadi. Bu erda odatda o‘ziga xos ekzotika bilan sayyohlar e’tiborini jalb qiluvchi ko‘plab restoranlar va kafelar joylashgan bo‘ladi.

Hech qachon ana shunday joylarda tamaddi qilmang! Badavlat mijozlar oqimi bunday maskanlar xodimlarni o‘rgatib qo‘yadi va aynitadi, bu esa taomlar sifati hamda narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Boy-badavlat sayyohlar taomlarni shundayligicha eyaversa, bundan ortiq harakatga ne hojat?!

Biroz yurib, mahalliy aholi ovqatlanayotgan joylarga kiring. Bu erlarda sizlarni haqiqatdan ham mazali taomlar bilan siylashadi, ularning narxi esa sayyohlarga mo‘ljallangan tamaddixonalardan ancha arzonligi bilan sizni hayratlantirishi ham mumkin.

3. Bir necha tilda yozilgan yorqin menyularni chetlab o‘ting

Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

"Tamaddixonaga kirib, bir necha tilda yozilgan yorqin menyuni ko‘rdingizmi, bu sayyohlar uchun "qopqon" ekanini tushunishingiz kerak. Bunday joydan chiqib keting!", - deydi Mettyu Kepnes. Mazkur hududda qaysi kafe va restoranlar mashhurligini bilish uchun Yelp, Foursquare yoki OpenRice saytlariga kirib ko‘ring.

4. Mahalliy tashuvchilarni izlang

Kuniga 50 dollar sarflab dunyoning yarmini aylanib chiqqan sayyohdan 4 maslahat

Chiptalarni qidirish global tizimini qo‘llash yaxshi g‘oya, albatta, biroq u bilan cheklanib qolmang. Google Flights, Skyscanner va Momondo juda ham ko‘p aviakompaniyalar haqida ma’lumotlarga ega, lekin bu hammasi emas.

Agar minimal narx bo‘yicha parvoz qilish kerak bo‘lsa, u holda mahalliy aviakompaniya va loukasterlar saytini izlab ko‘ring. Ular ba’zan bozorning yirik o‘yinchilaridan ancha hamyonbop narxlarni taklif qilishadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar