Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Aktyor Pol Uoker tiriklik chog‘ida noma’lum juftlik uchun 9000 dollar qiymatidagi uzuk sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 206
Aktyor Pol Uoker tiriklik chog‘ida noma’lum juftlik uchun 9000 dollar qiymatidagi uzuk sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

2004 yilda Kayl Apxem (Kyle Upham) va uning qaylig‘i, hozir esa rafiqasi Kristen Santa-Barbaradagi zargarlik do‘konlarining birida uzuk qidirishdi. Ulardan tashqari do‘konda yana bir xaridor bor edi, ular avvaliga unga yaxshi e’tibor berishmadi.

Noma’lum erkak Kayl va Kristenga qimmatroq taqinchoqlarga qarashni taklif qildi. Biroq juftlik bunday uzukni sotib olishga qurbi etmasligini aytadi. Do‘konda ular uzoq vaqt suhbatlashib turishadi va nihoyat ular do‘stona xaridor aktyor Pol Uoker ekanligini bilib qolishadi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilishi, yaqinda Iroqga ikkinchi marta jo‘nab ketishi kerakligini va safar oldidan bo‘lajak rafiqasiga unashtiruv munosabati bilan uzuk sovg‘a qilish istagidaligini aytadi.

Aktyor Pol Uoker tiriklik chog‘ida noma’lum juftlik uchun 9000 dollar qiymatidagi uzuk sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Kristen Kaylning askar ekanligini bilgach, Polning yuzi butkul o‘zgarib ketganini yodga oladi. Biroq ular o‘sha kuni bunga e’tibor qilishmadi va do‘konni hech nima sotib olmay tark etishdi — sababi brilliantlar juda ham qimmat edi.

Biroq ularni oldinda katta sovg‘a kutardi: ularga do‘kondan qo‘ng‘iroq qilib, 9000 dollar qiymatidagi uzukni olib ketishlarini so‘rashadi. Uzuk haqini noma’lumligicha qolishni istagan inson to‘laganini aytishadi. Yoshlar bunday qimmatbaho uzukni kim sovg‘a qilganini bilishga juda urinishdi, biroq do‘kon xodimlari faqat jilmayib, uning ismini aytishdan bosh tortishdi.

Haqiqat esa 2013 yilda, aktyorning o‘limidan so‘nggina ma’lum bo‘ldi. Zargarlik do‘konining sobiq xodimi Ayrin King (Irene King) bu hodisani boshqa berkitmaslikka qaror qildi.

Aktyor Pol Uoker tiriklik chog‘ida noma’lum juftlik uchun 9000 dollar qiymatidagi uzuk sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Ayrin so‘zlariga ko‘ra, aktyor Kristenga uzuklardan biri juda yoqib qolganini payqaydi, biroq uning sevgilisi bunday qimmat uzukni olishga mablag‘i etmasligini aytadi. Shunda Pol uzukni o‘z hisobiga yozib qo‘yishni va sovg‘a sirli bo‘lishini tayinlaydi. Uni o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan harbiy xizmatchi bo‘lajak rafiqasiga uzuk sovg‘a qila olmasligi qattiq ranjitadi. Aktyor bu nohaqlikni to‘g‘irlashga shoshiladi.

Mana shunday qilib, Kayl va Kristen nihoyat sirli valine’mat inson kim ekanligini bilib olishdi. «Bu hayotimda olgan eng sahiy tuhfadir, — dedi Kristen. — Biz bu uzuk va uning hikoyasini avloddan avlodga etkazishga va’da beramiz».


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar