Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 128
Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

“Buran” qordayurari.

Qorda yuruvchi eng mustahkam transport modeli. Uni Elbrus va Pomirning qorli qiyaliklarida, Antarktidaning ayozli cho‘llarida, Shimoliy qutbning uch oqimida sinab ko‘rishgan. Uning nomi rus shimolidagi turdosh joy nomidan olingan. Ancha yillar “Buran”ga teng keladigan raqobatchi topilmadi. Mashina chidamli, og‘ir, uzoq masofalarga ham bemalol boradigan imkoniyatga ega edi. “Buran” o‘ttiz yil oldin qanday bo‘lsa shundayligicha qolgandi: motor suyuqlik bilan sovutiladi, amortizatorlari havo bosimi vositasida ishlaydi.

Elektronika VM-12.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

O‘z vaqtida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, VHS formatida ishlaydigan bu videomagnitafon o‘zining uzoq “qarindosh”i bo‘lmish “Panasonic NV-2000” prototipi asosida ishlab chiqarilgan. Kasseta uning tepasidan tiqilgan, sakkiz kanalli o‘rta to‘lqin qabul qiluvchi (SVP) tyunerga, tsifrli vaqt ko‘rsatgichiga hamda kasseta lentalarini hisoblovchi mexanik qurilmaga ega bo‘lgan. Uning narxi o‘sha paytlarda 1200 rublga teng bo‘lgan. Shundoq bo‘lsada uni harid qilish uchun uzun navbatga turishga to‘g‘ri kelgan.

GAZ-24 “Volga” avtomobili.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Bu mashina 1968 yildan 1994 yilga qadar Gorkiy avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan. Bu zavodda Gaz-24 dan tashqari Gaz-24-10 modeli ham tayyorlangan. Gaz-24 ning dizayni 60-,70-yillar uchun standart hisoblangan. Umumiy ko‘rinish bo‘yicha Amerika avtomobillariga o‘xshasa, ayrim texnik detallari esa Evropada ishlab chiqarilayotgan avtomobillar bilan uyg‘unlashib ketgan. 70-yillardan boshlab Shimoliy Amerika hamda er yuzining boshqa rivojlangan davlatlari uchun eksport qilingan.

“Zvezda-54” radiopriyomnigi.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Bu radiopriyomnik 1954 yilda Xarkovdagi “Kommunar” zavodi hamda Moskvadagi “Mospribor” zavodlarida ishlab chiqarilgan. Bu zavodlarda jami 674 ming dona “Zvezda-54” radiopriyomnigi tayyorlangan. 1954 yilning so‘ngiga kelib, unga bir-ikkita o‘zgartirishlar kiritilgan: umumiy ko‘rinishi vertikal kengaytirilgan, uni bo‘yashda qizil va yashil ranglardan foydalanilgan.

Bugungi kunda bu texnika vositasi kollektsionerlar xazinasidagi eng qimmat buyumlardan biri hisoblanadi.

“VEF-Spidola” radiopriyomnigi.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Bu radiopriyomnikning yigirma yil davomida to‘rt avlodini chiqarishga muvaffaq bo‘lingan. Uning nomlanishi “Lachplesis” poemasida uchraydigan alvasti nomi bilan bog‘liq.

“Alyonka” shokoladi.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

1960 yili fotograf Aleksandr Gerinas o‘zining sakkiz oylik qizchasi Lenani suratga oladi. Qisiq ko‘zli, ro‘mol bilan o‘rab qo‘yilgan qizchaning surati dastlab “Sovetskiy foto” jurnalida, so‘ngra 1962 yilda “Zdorove” jurnalining birinchi sonida, muqovada bosilib chiqadi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, qizchaning surati “Alyona” nomi ostida chiqarilayotgan shokolad qog‘ozida paydo bo‘ladi.

“Stol lampasi”.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

1970 yilda arxitektor Mixail Olenev energiya tejovchi va bashang ko‘rinishga ega chiroq turini ixtiro qiladi hamda uni soddagina qilib “Stol lampasi” deb ataydi.

“Dva myacha” kedalari.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Bu mahsulot turi 1957 yilda Sobiq Ittifoqida bo‘lib o‘tgan oltinchi umumjahon yoshlar va talabalar festivalida juda keng tarqaladi. 60-yillarga kelib barcha turdagi cheshka hamda sandallarni iste’moldan siqib chiqaradi. Bundan tashqari poyafzallar orasida birinchi bo‘lib “Rezin tekstilli sport poyafzali” sifatida GOST № 9155 sertifikatini qo‘lga kiritadi.

“Saturn-2” changyutgichi.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

Bu changyutgich nafaqat havo so‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgan, balki u havo purkagan ham. Shu sababli ham u bo‘yoqchilarning eng sevimli va qulay ish qurollaridan biriga aylangan.

V-72 “Orlyonok” velosipedi.

Siz ham eslaysizmi? Yoxud buvam ishlatgan buyumlar...

U o‘rta hajmga ega bo‘lgan, ikki oyoqli, 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Uning tarixi 1950 yilga, Minsk zavodiga borib taqaladi. Shu yilda ushbu zavoddan ikki xil velosiped turi ishlab chiqariladi. Biri o‘smirlarga mo‘ljallangan “Orlyonok” bo‘lsa ikkinchisi yoshi kattalar uchun tayyorlangan “Veterok” velosipedlaridir.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar