Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 96
Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi

Yaponiyaning Yokogama universiteti shifokorlari nikoh qurgan erkaklar oladigan ustunliklarni aytishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Myunxenda qand qasalligini o‘rganish bo‘yicha Yevropa uyushmasining har yillik uchrashuvida taqdim qilindi. U haqda qisqacha The Daily Mail nashriga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.

Olimlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlardan ikki marta kamroq ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq kasalliklarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatdilar. Misol uchun, uylanganlarda qand kasalligi, yuqori bosim va semizlik bilan bog‘langan metabolik sindrom kamroq rivojlanadi.

Shifokorlar 270 dan ko‘proq odamni o‘rgandilar, ularning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qilgan. Barcha ishtirokchilarda ikki turdagi diabet qayd qilingan. Ulardan 180 nafari uylangan, 90 nafari esa bo‘ydoq.

Olimlar respondentlarning vazni indeksini aniqlab, ularda tirik to‘qimaning miqdorini o‘lchashdi. Natijalarning ko‘rsatishicha, uylangan erkaklar o‘rtacha bo‘ydoqlarga qaraganda ikki marotaba kamroq ortiqcha vazndan aziyat chekishadi.

Uylanganlarda tirik to‘qima miqdori o‘rtacha 18,9 kg ni, bo‘ydloqlarda esa 23,5 kg ni tashkil qilgan. Uylanganlar bo‘ydoqlarga nisbatan 58 foiz kamroq metabolik sindrom rivojlanishi xatariga ega bo‘lganlar.

Olimlarning ta’kidlashicha, ular tomonidan topilgan o‘zaro bog‘liqlik faqatgina erkaklarda namoyon bo‘ladi. Shifokorlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘lishining sababini uylanganlar ratsionalroq ovqatlanishi va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishlarida ko‘rmoqdalar.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar