Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Takrorlash xotirani mustahkamlashning eng jo‘n yo‘lidir

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
Takrorlash xotirani mustahkamlashning eng jo‘n yo‘lidir

Barchaga tafakkur va zehn berilgan. Biroq bu biz undan samarali foydalanayotganimizni anglatmaydi. Bunga qisman qobiliyatsizlik, o‘z tafakkurimiz imkoniyatlarini oxirigacha bilmasligimiz sabab bo‘ladi.

Nimanidir yodlashning eng yaxshi usuli bu takrorlashdir. Odatda biror bir materialni takrorlash yakuniy sinov, imtihon va OAVda chiqishlardan keyin to‘xtatiladi. Aslida esa, siz biror narsani bilishingizga ishonchingiz komil bo‘lsa ham, istisnosiz qaytaraverishingiz kerak. Takrorlash, takrorlash, takrorlash... Bu eng oddiy tryuk va quyida uning ilmiy izohi berilgan.

Genri Rodiger

Tadqiqotchilar Jeffri Kaprik va Genri Rodiger hamkorlikda test tizimi ta’limga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Ular inglizzabon talabalardan bir necha sauxilicha (Sharqiy Afrika tili) so‘zlarni yodlashni so‘rashdi va test o‘tkazishdi. Masalan, testda sauxili tilidagi “mashua” so‘zi berilgan va javoblardan to‘g‘ri variant “qayiq”ni tanlash kerak edi. Bu o‘rinda talabalar xususiy xulosalar chiqarishi shart emas edi, nimani bilsa shunga javob berishi talab etildi. Darsdan so‘ng ularga bir haftadan keyin yana mana shunday test o‘tishi ma’lum qilindi.

Ishtirokchilarga testga yana bir bor qarash, nimalarni bilmasligini tushunish, ularni yodlash va o‘zlarini tekshirish imkoniyati berilgan edi. Bunday usul o‘rganish jarayonini tezlashtiradi.

Kaprik va Rodriger talablardan bir necha usullarda tayyorgarlik ko‘rishni so‘rashdi va ularning natijalari solishtirishdi. Bir guruhdagi talabalar so‘zni test ko‘rinishida, ya’ni to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblari bilan birga takrorlab borishdi. Boshqa guruh faqat noto‘g‘ri javoblarni qaytarishdi. Ikkinchi guruh talabalari imtihon paytida 35 foiz so‘zlarnigina esda saqlagan bo‘lsa, birinchi guruh 80 foiz savollarga to‘g‘ri javobni topa oldi.

Xulosa shu bo‘ldiki, biz takrorlashni to‘g‘ri olib borsak, xotiramizni yaxshilashga erishamiz. Yaratilgan holat ham buni isbotlaydi va bu erda intuitsiya hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar