Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Tumovga chalinmaslik uchun 10 tavsiya

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99
Tumovga chalinmaslik uchun 10 tavsiya

1. Qo‘llaringizni yuving!
Bu qoida hammaga ma’lum. Qo‘lingizni yuvishning iloji bo‘lmasa, albatta nam salfetka bilan bo‘lsa-da arting. Viruslar tashqi muhitda bir necha soat yoki kun yashashi mumkinligini unutmang.

2. Ko‘proq sayr qiling!
Xonani tez-tez shamollatib turing. Ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazishga harakat qiling. Xona havosi o‘zgartirilmasa, undagi mikroblar miqdori oshib boraveradi. Uy issiqligi — kasallikdan muhofaza, degani emas. Issiq xonada burun shilliq pardalari quruqlashadi va organizmga virus tushishi osonlashadi.

3. Ertalabki badantarbiya
Ertalab albatta faol harakatlar qiling va chuqur-chuqur nafas oling. Nafas olish natijasida qonga kislorod tushishi osonlashadi va modda almashinuvi yaxshilanadi. Organizmning viruslarga qarshilik ko‘rsatishini ko‘chaytiradi.

4. Sigareta tutunidan nafas olmang!
Bolalar ham sigareta tutunidan nafas olishlariga yo‘l qo‘ymang. Bunday tutun burun shilliq pardalarini quritib, organizmdan viruslarni haydab chiqarishga yordam beradigan nafas yo‘llaridagi mitti tukchalar harakatini to‘xtatadi.

5. Hordiq
Kuniga hech bo‘lmaganda yarim soatga o‘zingizga dam bering, o‘zingiz uchun yoqimli ish bilan shug‘ullaning. Ijobiy hissiyotlar natijasida organizmimizni viruslardan muhofaza qiluvchi immun tizimi faollashadi.

6. Atrofingizdagilarni unutmang!
Yo‘talganda yoki aksirganda og‘zingizni ro‘molcha bilan bekiting. Biroz shamollagan bo‘lsangiz ham, maxsus doka niqob taqib yurishni kanda qilmang. Bu kabi infeksion kasalliklar havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yo‘talganda yoki aksirganda virus 10 metr uzoqlikka ham yetib borishi mumkin.

7. Ko‘proq suyuqlik iching!
Organizmni toksinlardan tozalash uchun kuniga 2 litr suyuqlik ichish lozim. Suyuqlik tanani namlik bilan ta’minlaydi va sog‘ayishga halal berayotgan toksinlarni haydaydi.

8. Vitaminlar qabul qiling!
Kuz va bahor mavsumida vitaminlar qabul qilish bilan birgalikda, meva-sabzavotlardan ko‘proq yeng. Qizil, sariq rangli sabzavot va mevalar viruslarning dushmani bo‘lgan S vitaminiga boy.

9. Hammom
Bug‘li hammomda 80 darajali haroratda shamollash viruslari nobud bo‘ladi.

10. Qatiq iching!
Kuniga bir stakan qatiq iching. Bu shamollash kasalliklariga chalinish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Qatiq tarkibidagi foydali bakteriyalar infeksiyalarga qarshi kurashuvchi moddalarni ishlab chiqaradi.

Manba: darakchi.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar