Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.09.2016

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 292
Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Ular ajoyib mavjudotlar-da! Quyidagi faktlardan bunga o‘zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Suv qunduzlari oqim oqizib ketmasligi uchun uxlayotganda bir-birining qo‘lini ushlab oladi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Olmaxonlar yong‘oqlarini qaerga berkitganini unutgani uchungina har yili minglab yangi daraxt ekadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Birga o‘ynayotganda erkak kuchukvachcha jismonan ustun bo‘lsa ham, ko‘pincha urg‘ochi kuchuk bolasining yutishiga yo‘l qo‘yib beradi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Toshbaqalar orqasi bilan nafas olishi mumkin.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Sigirlarning yaqin do‘stlari bor, ular bilan ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazishadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Pingvinlar tanlagan yorining mayda tosh olib borib, “qo‘lini so‘raydi”.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Vashington qamoqxonalaridan birida mahbuslar oilalarga berib bo‘lmaydigan tajovuzkor, badxoh mushuklarni yuvoshlashtirishga yordam berishadi. Agar yuvoshlashmasa, ularni o‘ldirishlari mumkin. Mushuklar asta-sekin o‘zlariga nisbatan mehrni his qilib, yuvoshlashadi, ularni yangi oilalar asrab olishiga umid tug‘iladi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Yaponiyada makakalar mashinadan gazak sotib olish uchun tangalardan foydalanadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Norvegiyada pingvingga ritsarlik unvoni berildi. Uning to‘liq nomi Ser Nils Olav.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Xitoyda pandani o‘ldirganlar o‘limga hukm qilinadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Kalamushlar qitiqlaganda kuladi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

O‘rgimchaklar uchmaydi va bu juda yaxshi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Shvetsiyada quyonlar uchun sakrash musobaqalari bor. Bu musobaqalar Kaninxoppning deyiladi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Delfinlar bir-biriga ism qo‘yadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Tupik qushlari o‘ziga “umr yo‘ldoshi”ni butun umrga tanlaydi. Ular tik qoya toshda o‘ziga in qurib, yaqin atrofga hojatxona ham hozirlaydi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Olimlar sigirlar tinchlantiruvchi musiqa eshitganda ko‘proq sut berishini isbotlashdi. Ammo ular “R.E.M” guruhining “Everybody hurts” va Lu Ridning “Perfect day” qo‘shig‘ini eshitganda, ko‘proq sut beradi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Ustritsalar ma’lum bir vaqtda kim bilan qo‘shilish ma’qulligiga qarab jinsini o‘zgartirishi mumkin.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Qoplonlar issiqlikni saqlash uchun uxlayotganda tumshug‘ini dumi bilan yopadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Yapon makakalari ko‘ngil yozish uchun qor o‘ynaydi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Mushuklarning o‘z velsh-korgasi bor — manchkin zoti.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Velsh-korga zotiga mansub it.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Ayrim davlatlarda mahbuslar uchun shunday dasturlar bor: ular etaklovchi itlarni tarbiyalashadi. Ko‘pchilik mahbuslar shu tariqa o‘zlarini ayblarini yuvishayotgandek his qilishar ekan.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Dengiz otchalari ham o‘ziga butun umrga yo‘ldosh tanlaydi. Harakatlanganda esa, bir-birining dumidan tutib suzadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Qush bolasi tuxumdan chiqquncha onasi va boshqa jo‘jalar bilan tuxum ichida bo‘lgan holda maxsus tovushlar vositasida muloqot qiladi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Itlarning tushmuq izi bir-biriga umuman o‘xshamaydi, ularni tanishda ishlatilishi mumkin.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

“Turritopsis nutricula” — meduza, er yuzida ma’lum bo‘lgan abadiy yashaydigan tur.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Qarg‘alar shunchalik aqlliki, bir-birini mazax qilishi mumkin.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Kapalaklar ta’mni oyog‘i bilan sezadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Olimlarning aniqlashicha, bizga o‘xshab echkilarning talaffuzi ham yashash joyiga qarab farqlanadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Mushuklar odamga peshanasi bilan suykalib, ishonishini bildiradi. Shu harakat bilan ularning xavfsizlikda ekanligini anglatadi.

Hayvonlar haqida kayfiyatingizni ko‘taradigan faktlar

Olmaxon bolalari biron sababga ko‘ra tashlab ketilgan bo‘lsa, boshqa olmaxonlar ularni asrab oladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar