Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Gunohlaringiz kechirilishini istaysizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 108
Gunohlaringiz kechirilishini istaysizmi?

Erta tongda halol rizq topaman, shu orqali bolalarimni boqaman degan ezgu niyatlarda ishiga yo‘l olgan odamga Alloh huzurida ulug‘ ajrlar yoziladi. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom kuni bilan ishlab, mehnat qilib, charchab uyiga kelgan va charchoq bilan uyquga ketgan kishining holatini zikr qilib, bunday deganlar: “Kim halol mehnat qilib, horib-charchagan holda tunasa, gunohlari kechirilgan holda tunaydi” Ibn Asokir, Tabaroniy va Asbahoniy rivoyatlari. Bu hadis mehnatsevarlikka qiziqtirib, boqimandalik va ishyoqmaslikdan qaytaradi. Ahli oilasi, farzandlari va ota-onasini moddiy jihatdan ta’minlash, kasallarini davolatish yo‘lida mashaqqat chekkan odamga mukofot sifatida Alloh taolo kechasi uning gunohlarini mag‘firat qiladi. Qaysi birimizning gunohimiz yo‘q?

Qay birimiz gunohlardan pokmiz?! Allohning mag‘firatiga, xatolarimiz o‘chirilib, Alloh nazdida darajalarimiz yuqori bo‘lishiga doimo muhtojmiz.

Mazkur hadis bir rivoyatda: “Kim halol kasb talabida (yurib) charchagan holda tunni o‘tkazsa, tunni gunohlari kechirilgan holda o‘tkazibdi”, degan shaklda keltirilgan. Alloma Munoviy rahmatullohi alayh hadisga sharh berarkan:

“Chunki halol kasb-kor harakatida bo‘lish vara’ (harom va shubhali narsalardan parhez qilish, saqlanish) va taqvoning ustunlaridandir”, –deydi (“Fayzul-Qodir”).

Demak, halol kasb gunohlar kechirilishiga sabab bo‘larkan. Bu esa, Alloh taoloning bu ummatga ato etgan behisob ne’matlaridan biridir. Payg‘ambarimiz alayhissalom ummatlarini halol kasb bilan rizqlanishga da’vat qilarkanlar, ularning faqat bu dunyolari emas, balki oxiratlari ham obod bo‘lib, gunohlari mag‘firat qilinishiga ham haris bo‘lganlari ochiq ko‘rinadi. Albatta, halol rizq, halol kasb bilan kun kechirish nafaqat dunyoviy, balki uxroviy foyda va manfaatlar keltirishi shubhasizdir.

Chunki halollikka intiluvchi kishi avvalo Alloh va Rasulining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qilayotgan bo‘ladi. Bu esa savob va ajr keltiradigan ishdir.

Oyati karimada:

“Ehson-yaxshilikning “jazosi” faqat ehson va ezgulik bo‘lajak!” (“Ar-Rohman” surasi, 60-oyat), deyilganidek, ilohiy o‘gitlarga amal qilib, halol yashovchi va oilamni haloldan boqaman, deya mas’uliyatni his qiluvchi, qaramog‘idagi kishilarning g‘amini yeyuvchi kishi faqat mana shu tashvishi va g‘ami uchun ajr olib, gunohlari kechirilarkan.

Nabiy alayhissalom marhamat qilib bunday dedilar: “Shunday gunohlar borki, ularning kechirilishiga faqat halol rizq topish borasida chekilgan mashaqqatlargina sabab bo‘ladi” (“Majma’uz-zavoid”).

Demak, kishi rizq talabida va halol kasb izlab, qandaydir tashvish va mashaqqat cheksa, mana shu holatning o‘zi ham gunohlarga kafforat bo‘lishi aytilmoqda . Bu kabi hadislar halol rizq talabida harakat qilib, vaqtincha bir qiyinchilik holatini boshdan kechirayotgan kishilarning ruhiyatiga tetiklik bag‘ishlaydi. Zero, bu tashvishlar, bu g‘amlar aslo zoye ketmaydi. Balki, gunohlarni yuvib ketuvchi rahmat seli bo‘lib qaytadi. Oqibatda esa inson ham halol kasb-korga ega bo‘ladi, maishiy hayoti tartibga tushadi, ham ajr-savob oladi, ham gunohlardan poklanadi!

Rahmatulloh SAYFUDDINOV,

Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,

Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,

«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi.

Manba: diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar