Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Aqldan ozmaslik uchun qachon va qanday tanaffus qilish zarur?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 129
Aqldan ozmaslik uchun qachon va qanday tanaffus qilish zarur?

Vazifalar tugallanish muddati yaqinlashgach, telefon tinimsiz jiringlay boshlaydi, o‘qilmagan xabarlar soni ortaveradi, tanaffus haqidagi o‘ylar esa tobora sarobga aylana boshlaydi. «To‘xtash kerak emas», — deymiz o‘zimizga. Bu tushunarli holat, biroq kalta o‘ylangan qaror, buning uchun esa kelajakda haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Kun davomida bizning organizmimizga energiya zaxiralarini to‘ldirish uchun tanaffuslar kerak bo‘ladi. Bu huddi avtomobilga yoqilg‘i, telefonga — zaryadka kerakdek gap. Siz qancha ko‘p quvvat sarflasangiz, doimiy tanaffus qilish shunchalik muhim.

Biroq barcha tanaffus ham foydali emas. Psixolog va biznes nazariyachilar mikrotanaffuslarni eng samaralisi deya qayd etishmoqda. Ular quyidagilar:


1. Butunlay ozod bo‘ling


Agarda biz o‘rnimizdan ham turishni istamay, qandaydir ishlar bilan shug‘ullansak, masalan, qo‘limizga telefonni olib, onlayn-shoping yoki yangiliklar o‘qish bilan shug‘ullansak, noto‘g‘ri ish bo‘ladi. Aynan shunday ishlar bilan biz dam ola olmaymiz. Saytlarni tomosha qilish miyaga huddi ish qilishdek zo‘riqishni beradi. Tanaffuslar biz butunlay barcha narsadan halos bo‘lganimizdagina foyda beradi.

Bu yaqindagina koreys olimlari o‘tkazgan tadqiqot ham tasdiqlaydi. Yuzga yaqin idora xodimlari 10 kun davomida tanaffus vaqti nima bilan shug‘ullangani va o‘z kechinmalarini yozib borishdi. Olimlar to‘rt turdagi mashg‘ulotni ajratib olishdi: yozilish (masalan, cho‘zilish yoki shunchaki parishonxotirlik), taom iste’mol qilish, do‘stlar bilan suhbatlashishi va aqliy faoliyat (yangiliklar o‘qish, elektron pochtani tekshirish).

Qaysi anaffuslar foydaliroq ekan? Javob: Faqatgina o‘zini erkin tutgan yoki do‘stlari bilan suhbat qurgan xodimlar

Yana bir tadqiqot shuni isbotladiki, tanaffus vaqti smartfondan foydalangan xodimlar kunning ikkinchi yarmida o‘zini yanada horg‘in his eta boshlagan.


Psixologiyada bizning diqqatni jamlash qobiliyatimiz haqida mashinadagi yoqilg‘i iste’moliga o‘xshash taniqli nazariya mavjud: bir harakat uchun qancha ko‘p kuch sarflasak, qolganlari uchun shuncha kam quvvat qoladi. Shu sababli tanaffus vaqti o‘zni bo‘sh qo‘yib, quvvat zaxiralarin to‘ldirib olish zarur.


2. Kunning birinchi yarmida qisqa tanaffuslar qiling

Aqldan ozmaslik uchun qachon va qanday tanaffus qilish zarur?

Dam olishni aynan biz tashkillashtirishimiz juda muhim. Ko‘pchilik tushlikka nisbatan erta tongdan g‘ayratga to‘lib toshadi. Shuning uchun biz tik oyoqda turolmay, yiqilgunimizga qadar dam olishni ortga suraveramiz. Tadqiqotga muvofiq, tonggi tanaffuslar yanada ko‘proq foyda beradi. U uzoq muddatli bo‘lishi shart emas, bir necha daqiqa ham etadi.

Agarda o‘z tanaffusingizni ortga surib kelaversangiz, oxir-oqibat ishlarni yig‘ishtirib qo‘ysangiz ham dam ololmay qolasiz. Yaxshisi, o‘zingiz uchun tez-tez, biroq qisqa tanaffuslar ajrating.


3. Idoradan chiqing

Aqldan ozmaslik uchun qachon va qanday tanaffus qilish zarur?

Katta idora binosida ishlab, kun bo‘yi bir erda vaqt o‘tkazish tabiiy hol. Agarda, suv ichish yoki oshxonaga chiqib tursangiz juda yaxshi. Ayniqsa, tashqariga chiqib, ish haqida biroz o‘ylamaslik katta foyda beradi. Bir necha daqiqa ochiq va toza havoda nafas olishga harakat qiling.

Ko‘plab tadqiqotlar tabiat insonlarga quvvat olish va sarflangan energiya o‘rnini to‘ldirishga yordam berishini isbotlagan. Bunda kichik shahar bog‘lari ham yaxshi yordam beradi.


Xulosa

Shunday fikrlar borki, tinimsiz mehnat qilish — muvaffaqiyat garovi. Agarda siz qisqagina dam olishga vaqt topa olgan bo‘lsangiz, demak sizga rag‘bat va layoqat etishmayapti. Biroq haqiqat biroz boshqacha ko‘rinishda: bizning ruhiy va jismoniy zaxiralarimiz chegaralangan. Ishdan chetlashishga xizmat qiluvchi kichik, biroq doimiy tanaffuslar — o‘z shaxsiy layoqatingizni butunlay namoyon etishning yagona yo‘lidir.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar