Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Samolyotda o‘g‘lini tinchlantira olmagan homilador ayolga yordam bergan erkak

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 132
Samolyotda o‘g‘lini tinchlantira olmagan homilador ayolga yordam bergan erkak

Farzandlar kerak bo‘lmagan paytda qaysarlik qilib, yig‘lashi ko‘p onalarga juda tanish holat. Atrofdagilar esa bu vaziyatni doim ham to‘g‘ri baholavermaydi. Biroq ensa qotirish va aql o‘rgatish o‘rniga vaziyatni o‘z qo‘liga oluvchi insonlar ham topiladi.

Xuddi shunday voqea Minneapolis — Atlanta reysining yo‘lovchilari bilan ham sodir bo‘ldi. Kichik bolakayning jahli chiqib, arazlay boshladi, uning homilador onasi esa o‘g‘lini ovutish uchun kuch topa olmadi. Ular otasiz, yaqinlari, do‘stlarisiz uchayotgan edi, shu sababli ayolga ko‘maklashish uchun hech kim yo‘q edi. Biroq ayolning yoniga bir notanish erkak kelib, hech qanday ortiqcha so‘zlarsiz bolakayni ko‘tarib, uni tinchlantira ketdi.

Erkak o‘zi ham otaligini va shuning uchun yordam berganini aytib o‘tdi. U bola bilan parvozning so‘ngiga qadar ikki yarim soat birga o‘tirib ketdi va homilador onaga dam olishi uchun biroz vaqt berdi. Yo‘lovchilardan biri bo‘lgan Andrea Berd ismli ayol begona erkak bolakayga xuddi o‘z farzandidek munosabatda bo‘lganidan ta’sirlanganini bildirib o‘tgan.

U o‘zining Facebook'dagi sahifasida shunday yozadi: «Men yig‘lab yubordim, sababi u bizga bu tartibsiz dunyoda hali ham yaxshi insonlar borligini ko‘rsatib berdi. Bu otaga va dunyodagi barcha shunday otalarga katta rahmat. Biz ularni qadrlashimiz kerak».


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar