Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.09.2016

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Bugun Rossiyaning uchta yirik IT kompaniyasi “Yandeks”, “VKontakte” va “Mail.Ru Group” xodimlarining ovqatlanishlari qanday tashkil etilganligini e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.

"VKontakte" matbuot kotibi Georgiy Lobushkin: Bizning xodimlarga asosiy shtabning o‘zida juda ko‘p turdagi eguliklar taklif etiladi. Bular meva-sabzavotlar, shokolad, yogurt va o‘nlab turli ichimliklardir. Mutaxassislarimizning tushliklariga esa alohida e’tibor qaratiladi.

Bizning shaxsiy oshxonamiz yo‘q, shu bois ofisimiz atrofida jamoamiz ovqatlansa bo‘ladigan juda ko‘p qahvaxona va restoranlar bilan hamkorlik qilamiz.

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Uyda ishlaydigan xodimlarimiz esa uyga ovqat etkazish xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu holda ovqatlanish harajatlarini kompaniya qoplaydi.

“Yandeks” matbuot xizmati: Ishga joylashayotganda “Yandeks”ning har bir xodimiga maxsus beyj beriladi, u bilan esa nafaqat ofisga kirish, balki tushlik harajatlarini to‘lash ham mumkin.

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Har oy kompaniya ushbu beyjga belgilangan miqdorda pul o‘tkazadi, u bilan xodim korporativ oshxonalarda yoki Moskvadagi kompaniya hamkorlik qiladigan qo‘shni qahvaxonalarda ovqatlanishi mumkin. Ularda ta’bga ko‘ra taom tanlash imkoni mavjud bo‘ladi; kompaniyaning bosh oshxonasida taomnoma, albatta, kaloriyasi past ovqatlarni o‘z ichiga oladi.

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Bundan tashqari, kompaniyaning har bir qavatida qahva, shirinlik, non, yong‘oq va meva bilan tamaddi qilib oladigan maxsus joylar ham mavjud.

“Mail.Ru Group” PR-direktori Kseniya Chabanenko: “Mail.Ru Group” haftasiga 7 kun 24 soat rejimda ishlaydi, shu sababli bu erda qorin to‘yg‘azish imkoni katta. Har bir qavatda istalgan payt ovqatlanib olsa bo‘ladigan maxsus joylar mavjud. U erlarda ichimlik, turli bo‘tqalar, mevalar, shuningdek, uyidan ovqat olib kelishni xush ko‘ruvchilar uchun muzlatgich va mikroto‘lqinli pechlar ham bor.

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Qahvani xush ko‘ruvchilar uchun birinchi qavatda “Starbucks” qahvaxonasi tashkil etilgan bo‘lib, bundan tashqari har bir qavatda qahva-mashinalari ham o‘rnatilgan. “Cafeterra” korporativ restoranida ertalab 9 dan ovqatlanish, tushlik qilish va kechki ovqat tanovvul qilish mumkin.

"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

Yangi siqilgan sharbatni xush ko‘ruvchilar uchun kompaniyada vitamin-bar tashkil etilgan, u erda xodimlar istalgan kokteyl va freshlar ichish mumkin.

Biroq “Mail.ru” xodimlaridan biri kompaniya ofisida ovqatlanish uchun ular o‘z mablag‘laridan foydalanishlarini ma’lum qildi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar