Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.09.2016

Tarkibida kimyoviy moddalar eng ko‘p bo‘lgan 7 mahsulot

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 122
Tarkibida kimyoviy moddalar eng ko‘p bo‘lgan 7 mahsulot

Ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va mahsulotlarning ta’mini yaxshilash uchun oziq-ovqat sanoatida maxsus ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalaniladi. Bunday qo‘shimchalar odatda zararsiz bo‘ladi, ammo ularning orasida inson salomatligi uchun xavf tug‘diradiganlari ham bor. Bu haqida Health.ua ekspertlarining ishonchi komil: har doim tetik va yaxshi kayfiyatda bo‘lish uchun ba’zi mahsulotlar haqida unutganingiz ma’qul.


Ziravorlar


Aksariyat ziravorlar ta’m, rang va hidni kuchaytiruvchi ozuqaviy qo‘shimchalarga ega. Shuni ta’kidlash joizki, ta’mni kuchaytiruvchi ziravorlar ilgari juda mashhur bo‘lgan, bugungi kunda esa uy bekalari ko‘proq tabiiy ziravorlarni tanlashmoqda.


Kolbasa mahsulotlari

Zamonaviy kolbasa mahsulotlarida maza va hidni yaxshilovchi ozuqaviy qo‘shimchalar ko‘p. Agar kolbasa va sosiskadan voz kecha olmasangiz, u holda ishlab chiqaruvchining mahsulot haqidagi qog‘ozi bilan yaxshilab tanishib chiqing. Qimmatroq bo‘lsa-da, sifatli go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilganingiz maqsadga muvofiq.


Quvvatbaxsh ichimliklar

Quvvatbaxsh (energetik) va spirtli ichimliklarning hech qanday foydali tomoni yo‘q, faqat - 20tacha E-raqamlar, xolos.


Marmelad

Tarkibida kimyoviy moddalar eng ko‘p bo‘lgan 7 mahsulot

Marmelad tayyorlashda sun’iy ranglar qo‘llanilishi ekspertlar tomonidan doim ta’kidlab kelinadi. E-raqamlar shirinliklarning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi, biroq iste’molchilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Eritilgan pishloq

Ozuqaviy qo‘shimchalar qo‘shilgan mahsulotlar ichida eritilgan pishloq - zamonaviy supermarketlarning "etakchilar"idan biri: taxminan 15ta ozuqaviy qo‘shimcha!


Chipslar va ta’mli qotgan nonchalar

Tarkibida kimyoviy moddalar eng ko‘p bo‘lgan 7 mahsulot

Parhezshunoslar chips va ta’mli qotgan nonchalar(suxari)ning zarari haqida doim gapirishadi. Bunday mahsulotlarda E-raqamlar miqdori o‘ndan ortiq bo‘lishi mumkin.


Pishiriq

Ozuqaviy qo‘shimchasiz pishiriq bo‘lmaydi, hisob. Birgina bulochka yoki kruasanda 20tagacha E-raqam mavjud.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, eng ko‘p ozuqaviy qo‘shimchalar bo‘lgan arzon mahsulotlar odatda kassa oldida yoki uning yaqinidagi "qaynoq rastalar"da joylashtirilgan bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar