Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.09.2016

Onasining har kungi savoli tufayli daromadli biznes ochgan aka-ukalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115
Onasining har kungi savoli tufayli daromadli biznes ochgan aka-ukalar

1994 yili aka-uka Bert va Jon Jeykobs (Bert and John Jackobs) «Life is Good» («Hayot ajoyib») nomi ostida o‘z dizayni bilan futbolkalar sotuvchi kompaniyaga asos soladi.

U vaqtlari Jeykobslarning yuk mashinasidan boqa hech nimasi yo‘q edi, endi esa ular asos solgan narxi 100 million dollar turadi. Bunda shubhasiz ularning onasi Joanning o‘rni katta: u o‘g‘illariga nima bo‘lishidan qat’i nazar hayotda faqat yaxshi narsalarni ko‘rishga o‘rgatadi.

Ber va Joning bolaligi quvnoq kechmagan. Ular oiladi olti farzandning eng kenjasi edi. Ular boshlang‘ich maktabda o‘qigan kezlari ota-onasi avtohalokatga uchraydi. Onasi engil jarohat oladi, biroq otasi og‘ir hastalikka chalinadi: uning o‘ng qo‘li ishlamay qoladi. Bu hodisa esa bolalarning fe’l-atvoriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi: ular g‘azabdor bo‘lib qoldi va atrofdagilardan bor alamini olishga odatlanishdi.

Onasining har kungi savoli tufayli daromadli biznes ochgan aka-ukalar

Ko‘ngilsizliklarga qaramay, ona hayot baribir ham yaxshi ekanligiga ishonishda davom etdi. Har kuni kechki ovqat vaqtida u farzandlariga bir xil savol berar edi: «Bugun qanday yaxshi hodisa bo‘ldi?»

«Onamning so‘zlari oddiy bo‘lishiga qaramay, ular xonadagi muhitni tezda o‘zgartirib yuborar edi. Biz savolni tinglashimiz bilanoq kunimizning eng yaxshi, kulgili va g‘aroyib voqealari haqida so‘zlab berardik. Bizning oila doim o‘zining xushchaqchaqligi bilan ajralib turgan».

Joan xonim "optimizm — biz har kuni qilishimiz kerak bo‘lgan qaror" deya ta’kidlagan . Bert va Jon butun umr mazkur qoidaga amal qilib yashashdi va aynan shu sabab ular bo‘sh kelmay, Boston ko‘chalarida futbolkalar sotishda davom etishdi.Ularning hisobida bor-yo‘g‘i 78 dollar bor edi. Chinakam omad ular futbolkaga tabassum qilayotgan insonni surati va «Life is Good» shiorini tushirgandan so‘ng kulib boqdi.

Onasining har kungi savoli tufayli daromadli biznes ochgan aka-ukalar

Oddiy, biroq quvnoq dizayn haridorlarni o‘ziga jalb etdi va yil so‘ngiga kelib, kompaniya 87.000 dollar hisobida futbolkalar sotdi. Endilikda aka-uka Jeykobslarning futbolkalari dunyo bo‘ylab mingdan ortiq do‘konlarda sotiladi. Ularning kompaniyasi esa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Ko‘plab futbolkalarda 22 yil avvalgidek «Life is Good» shiorini uchratish mumkin. Bu shior esa ayni haqiqat: axir hayot chindan ham ajoyib!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar