Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 258
Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

7 sentyabrda Kupertinolik ishlab chiqaruvchilar iPhone smartfonlarining yangi avlodlarini taqdim etildi. Insayderlartaqdimotgacha taxmin qilgan ayrim mish-mishlarning ayrimi rost, ba’zilari esa yolg‘onligicha qoldi. Ular bilan tanishtiramiz.

1. Smartfonlar soni

Mish-mishlar:

Tarmoqlarda smartfonlarning ikki turi bo‘ladi degan xabar tarqalgan edi: standart iPhone 7 va uning "katta akasi" iPhone 7 Plus. Keyin esa uning yanada kuchliroq versiyasi iPhone 7 Pro haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq taqdimotga oz vaqt qolganida insayderlar nomuqobil kamera tufayli iPhone 7 Plusdan voz kechilganini ma’lum qilishdi.

Haqiqat:

Tadbirda ikki smartfon taqdim etildi: iPhone 7 va iPhone 7 Plus.

2. Dizayn

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Mish-mishlar:

Manbaalar iPhone 7 dizayni iPhone 6S qurilmasiga juda o‘xshash bo‘lishini aytishgan. Shuningdek, yangi ayfonda ikkita kamera bo‘lishi va plastik antennalar qurilmaning yuqoridagi chekkasiga "ko‘chishi" kerak edi.

Haqiqat:

Dizayn bo‘yicha mish-mishlar o‘zini oqladi: yangi ayfonni avvalgisidan plastik antenna vstavkasi bilan, shuningdek, iPhone 7 Plus orqa korpusidagi ikkita kamera bilan farqlash mumkin. Home tugmasi chindan ham sensorli bo‘lgan.

3. Displey

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Mish-mishlar:

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 7 4,7 dyuymli ekranga ega bo‘lishi kerak edi ekran,uning "katta" akasi iPhone 7 Pro 5,5 dyuymli displey bilan ta’minlanishi kerak edi.

Haqiqat:

Kichik model chindan ham 25 foizga rang-barang va yorqinroq bo‘lgan 4,7 dyuymli Retina HD-ekranga ega bo‘ldi. iPhone 7 Plus esa 5,5 dyuymli yangilangan displeyga ega bo‘ldi.

4. Protsessor

Mish-mishlar:

Taniqli Geekbench benchmarki yangi ayfonlarda o‘rnatiluvchi A10 protsessori haqida yozgan edi. Mish-mishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, yangi chipset TSMC Tayvan kompaniyasida FinFET 16 nanometrli texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarilishi kerak edi .

Haqiqat:

Apple taqdimotida protsessor haqidagi barcha bashoratlar ham chin bo‘lib chiqmadi. Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 7 to‘rt yadroli A10 Fusion deb nomlanuvchi mikrochipga ega bo‘lgan. U 40 foizgacha samarador va ko‘proq energiyaga ega bo‘lgan. Yanada batafsil ma’lumotlar bilan kompaniya taqdimotda bo‘lishmagan.

5. Operativ xotira

Mish-mishlar:

Ko‘plab insayderlar birvarakayiga ettinchi avlod iPhone qurilmalari 3 Gbayt operativ xotiraga ega bo‘lishini ovoza qilishdi.

Haqiqat:

Afsuski, operativ xotira haqidagi ma’lumotlar haqida kompaniya vakillari tadbirda aytib o‘tirishni lozim topmadi. Shu sababli endi birinchi benchmarklarni kutishga to‘g‘ri keladi.

6. Ichki xotira

Mish-mishlar:

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple norozi foydalanuvchilar fikrini inobatga olgan holda iPhone'ning ikki versiyasidan voz kechishi kerak edi: 16 va 64 Gbaytdan. Xotira minimal hajmi — 32 Gbayt, maksimali esa — 256 Gbayt bo‘lishi kerak edi.

Haqiqat:

Insayderlar bashorati to‘liq o‘zini oqladi. Tez kunlarda smartfonning 32, 128 va 256 Gbayt xotirali versiyalari paydo bo‘ladi.

7. Kamera

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Mish-mishlar:

Kichik model 12 megapikselli kameraga ega bo‘lishi, bundan tashqari, 4 LED vspishka va tashqi yorug‘likni aks ettiruvchi yangi datchik bo‘lishi lozim edi.

Haqiqat:

Sensorlar haqidagi barcha ma’lumotlar haqiqatga aylandi. iPhone 7 optik muvofiqlashtirilgan 12-megapikselli kamera, 1.8 diafragma va Quad LED vspishka (4 LED 50 foiz ko‘proq nur tarqatadi. Tizim TrueTone texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan: ikki sovuq va ikki iliq soyalar) ega. Frontal kamera 7 megapikselga ega — avvalgiga nisbatan ikki megapikselga ko‘proq.

Katta versiya chindan ham birdaniga har biri 12 megapiksel bo‘lgan ikki sensorga ega bo‘ldi, ulardan biri — optik zum uchun moslashgan keng burchakli.

8. Ranglar imkoniyati

Mish-mishlar:

Insayderlar beshta turli ranglarni va’da qilishgan edi. Ularning uchtasi barchaga ma’lum: kulrang, pushti va pushti tillarang. Keyingi ranglar esa qora va to‘q-ko‘k ranglar.

Haqiqat:

Manbalar taxmini rost bo‘lib chiqdi: Jet Black nomli yaltiroq qora va oddiy qora.

9. Asosiy xususiyatlar

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Mish-mishlar:

Asosiy taxmin standart 3,5 mmli audioteshiklarni olib tashlangani edi. Ishlab chiqaruvchilar qurilmani yanada suv va changga chidamli bo‘lishi uchun bu qarorga kelishdi.

iPhone 7 Proning orqa panelida qo‘shimcha aksessuarlarga tez ulanishga imkon beruvchi Smart Connectori olib tashlanadi.

Ayrim axborotchilar ikkita sim-karta uchun joy, Touch IDbarmoq izi skaneri va sensorli Home tugmasining yangilinishini .

Haqiqat:

Eng eski mish-mishlar haqiqatga aylandi. Odatiy teshiklar o‘rniga dinamika setkasi joylashdi (Yana bir dinamika qurilmaning tepa qismida ham mavjud). Quloqchinlar uchun esa Lightning teshigi uchun ulagich taqdim etiladi. Shuningdek, korporatsiya yangi simsiz Airpods quloqchinlarini namoyish etdi. Ular Siri bilan bog‘lana oladi, agar uskuna quloqdan chiqib ketsa, musiqani to‘xtadi. Bir zaryadlangan quloqchin 5 soat davomida musiqa tinglashga etadi. Uning narxi — 159 dollar.

Home tugmasining bashoratlari ham chin bo‘lib chiqdi: Force Touch bosish kuchini aniqlash texnologiyasini ko‘tara oladi va raqamli tugmaga aylandi. iPhone ettinchi avlodi IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Biroq Smart Connector, ikkinchi sim-karta uchun joy va Touch ID skanerining yangilanishi to‘g‘risidagi mish-mishlar yolg‘onligicha qoldi.

10. Narxi va sotuvning boshlanishi

Yangi iPhone 7: mish-mishlar va haqiqat

Mish-mishlar:

Taniqli insayder Evan Blassning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 7 va iPhone 7 Pro qurilmalariga 9 sentyabrdan boshlab buyurtma berish mumkin. Sotuvning rasmiy boshlanishi esa 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Narxlar haqida bashoratlar turlicha bo‘ldi: kichik to‘plamli iPhone (32 Gbayt xotira) 549 dollarga baholanadi.

Xitoylik manbaalar iPhone 7 narxi avvalgi avlod qurilmalarining boshlang‘ich narxiga teng bo‘lishini qayd etishdi. Weibo ma’lumotiga ko‘ra, iPhone 7 Pro asosiy versiyasi 1350 dollar bo‘ladi.

Haqiqat:

AQSh va boshqa mamlakatlarda yangi ayfonning sotuvi 16 sentyabrdan boshlanadi.

Apple rasmiy do‘konlarida barcha qurilmalar narxi paydo bo‘ldi. iPhone 7 (32 Gbayt) — 886 dollar, 128 Gbayt hajmli versiya — 1025 dollar, 256 Gbayt model — 1165 dollar. Katta model Plus narxi — 1057 dollar, 1196 dollar va 1336 dollar ( 32, 128 va 256 Gbayt xotiraga muvofiq).


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar