Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 188
Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Har yilning oxirgi oyida “Luxury Travel” sayti dunyodagi eng yaxshi mehmonxonalarni aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazadi. Bu yilgi so‘rovlarda ham har yilgidek o‘n mingdan ortiq sayyohlik kompaniyalari va sayyohlar qatnashishdi. Quyida ana shu so‘rov natijalari bilan tanishasiz.

“Shangri-La Hotel Paris”

Parij, Frantsiya.

Nominatsiya: Eng yaxshi oshxona

“Shangri-La Hotel”da mehmonlar “La Bauhinia” deb nomlanuvchi shisha gumbaz ostida ovqatlanishlari, “L’Abeille” restoranida mazali frantsuz taomlaridan tatib ko‘rishlari, Evropaning birinchi firma restorani “Shang Palace”da xitoy milliy taomlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

“St.Regis King Cole New York”

Nyu-York, AQSh

Nominatsiya: Eng yaxshi bar.

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Aytishlaricha, “Qonli Meri” kokteyli aynan shu erda ixtiro qilingan bo‘lib, u dastlab “Red Snapper” deb atalgan. Bu Ikkinchi jahon urushidan ilgari bo‘lgan. Shu kungacha “King Cole” mehmonxonasidagi bar minglab mehmonlar tomonidan eng yaxshi bar, deb hisoblab kelinadi.

“Rocco Forte Hotel Savoy”

Florentsiya, Italiya.

Nominatsiya: Eng yaxshi oilaviy dastur

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

“Savoy” mehmonxonasi Uffitsi galereyasi va Florentsiya kafedral sobori orasidagi yo‘lning yarmida joylashgan. Mehmonxona nomerlari italyan dizayni va san’ati bilan zamonaviylik uyg‘unlashgan holda bezatilgan. “L'Incontro” bar-restoranini italyan oshxonasi mutaxassisi bo‘lgan bosh oshpaz Fulvio Peranjelini boshqaradi.

“Cuixmala”

Kosta-Legre, Meksika

Nominatsiya: Sayyohlik sohasi etakchisi

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Mehmonxona 25000 akr maydonda joylashgan, plyaj va lagunalar qo‘riqxonaning bir qismi hisoblanadi, atrof esa cheksiz plantatsiyalardan iborat. Bu erda yo‘lingizdan to‘ng‘iz chiqib qolishi, kokos plantatsiyalarida sayohat qilishingiz, hayvonlar uchun muruvvat uyiga tashrif buyurishingiz yoki toshbaqa inkubatorida dengiz toshbaqalarining bolalarini ko‘rishingiz mumkin.

“Qasr al Sarab Desert Resort”

Birlashgan Arab Amirliklari, Liva sahrosi.

Nominatsiya: Biznesdagi innovatsiyalar

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Bu erda qum va qumtepalarga ko‘zingiz tushishi aniq, lekin ular miriqib hordiq chiqarishingizga aslo xalal bermaydi. Ulkan ochiq basseyn, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan nomerlar va uzluksiz servis doimo xizmatingizda bo‘ladi. Sahro bilan tanishish uchun maxsus dastur mavjud: tuyalarda sayr, qumtepalarda velosipedda uchish, kamondan o‘q otish va qum ustida vindserfing.

“Four Seasons Hotel Lion Palace”

Sankt-Peterburg, Rossiya

Nominatsiya: Dizayn sohasidagi eng yaxshi yutuq

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Marmar zinalar, tilla suvi yuritilgan ganchkorlik, balandligi besh metrli shiftlar va XIX asr uslubida qayta tiklangan ichki ko‘rinish ushbu mehmonxonaga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. “Trendymen” sayti fikricha, uni Rossiyadagi eng yaxshi mehmonxona, deb atash mumkin.

“Rosewood”

London, Buyuk Britaniya

Nominatsiya: Yil kashfiyoti

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

Yaqindagina ochilgan bu mehmonxona 1914 yilda qurilgan binoda joylashgan. Londondagi Xay-Xoubern ko‘chasidagi “Rosewood London” mehmonxonasida mehmonlarga buyurtma bo‘yicha tayyorlangan mebel va italyan marmaridan qilingan vanna xonasi bo‘lgan, har biri o‘zgacha bezatilgan nomerlar taklif etiladi.

“Park Hyatt New York”

Nyu-York, AQSh

Nominatsiya: Nomerdan ko‘rinib turuvchi eng yaxshi manzara

Dunyoning eng yaxshi mehmonxonalari o‘ntaligi

2015 yilda ochiladigan bu mehmonxonada Nyu-Yorkdagi eng katta nomerlar bo‘ladi. Ular orasida eng kattasining maydoni 475 kvadrat metr bo‘lib, mehmonxona eng so‘nggi texnologiya bilan jihozlangan jami 92 ta lyuks nomerdan iborat bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar