Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.09.2016

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 189
Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida ozishga yordam beruvchi mahsulotlar haqida ko‘p gapirilmoqda. Biroq hamma ma’lumotga ham birdaniga ishonaverish kerak emas. Maqtalgan mahsulot yordam bermasa, unga bo‘lgan qiziqish tezda so‘nadi. Shunday bo‘lsa-da, xushbichim bo‘lishingiz uchun oshxonangizda qanday mahsulotlar saqlashingiz lozim? Bugun sog‘ilig‘ingiz uchun foydali va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beruvchi 6 mahsulot haqida so‘z yuritamiz. Ularni mo‘’jiza yaratadi, deb aytmaymiz, lekin kundalik ratsioningizga bu mahsulotlarni qo‘shsangiz, natijalar sizni xursand qilishi shubhasiz.


1. Yasmiq

Tadqiqotlarga ko‘ra, yasmiqning ortiqcha vazndan qutulishga yordam beruvchi xususiyatlari talaygina. Parhezshunos Jonni Boudenning "Dunyodagi eng foydali 150 mahsulot" kitobida "Bir piyola yasmiqda 18 gramm oqsil moddasi bor", deyiladi va eng asosiysi bu piyolada 16 gramm tsellyuloza ham mavjud. Shuningdek yasmiq foliy kislotasi va kamida 7 xil mineralning manbai hisoblanadi.


2. Kokos yong‘og‘i

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Kokos yong‘og‘ida to‘yingan yog‘larning alohida turi mavjud: o‘rtazanjirli triglitseridlar. Organizmimiz bunday yog‘larni to‘plamaydi, ularni parchalab tashlaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqa yog‘larga nisbatan kokos yog‘i ko‘proq kaloriyani yo‘q qiladi. Kokos yog‘idan foydlanib, o‘rta olovda tayyorlangan taomlar yoqimli hidga ega bo‘ladi. Bu yog‘ni proteinli kokteyllarda foydali yog‘ kislotalari manbai sifatida qo‘llasa bo‘ladi.


3. Chernika

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Sarxil yoki muzlatilgan tabiiy chernika juda ko‘plab ozuqaviy moddalarga boy. Shuningdek u shirinlikni xush ko‘ruvchilarga ham ma’qul keladi. Tabiat bu rezavor mevani vitaminlar, minerallar, aksiloksidantlar va boshqa foydali moddalar bilan siylagan. U organizm uchun juda foydali. Tadqiqotlarga ko‘ra, chernika qondagi qand miqdorini kamaytirish bilan birga diabetning rivojlanish xavfini ham qisqartiradi. Shuningdek unda S vitamini katta miqdorda - bu ajoyib aksiloksidant qondan ortiqcha glyukozani chiqarib tashlaydi.


4. Ko‘k choy

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Ko‘k choyning eng foydali xususiyatlaridan biri - bu unda aksiloksidantlar va teinning (kofeinning nisbatan yumshoqroq analogi) mavjudligi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘k choy iste’moli jismoniy mashqlar bilan uyg‘unlashtirilsa, uning yog‘larni parchalovchi xususiyati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek ko‘k choyda tinchlantiruvchi L-tianin aminokislotasi ham bor. U asablarni buzib, semirishga olib keluvchi surunkali stressdan qutulishga yordam beradi.


5. Qahva

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Bir tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, qahvada ko‘k choyga qaraganda ancha kuchli aksiloksidantlar mavjud. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu qahvaxo‘rlarning nima uchun ko‘p yashashiga javob bo‘la oladi. Umuman olganda, ham ko‘k choy, ham qahva ichish tavsiya qilinadi. Bir kunda ikki marta qahva ichishingiz mumkin, biroq uning asab tizimiga ta’siri haqida unutmang. To‘yib uxlamaslik va surunkali stressni ko‘p miqdordagi qahva bilan engishga harakat qilmang.


6. Avokado

Ozishga yordam beruvchi supermahsulotlar

Avokadoni qanday iste’mol qilishingiz ahamiyatsiz. Uni salatga yoki taomlarga qo‘shishingiz mumkin. Avokado har qanday taomni yanada foydali qiladi, u yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Milliy tekshiruv dasturi doirasidagi ishlar natijasiga ko‘ra, avokado iste’moli oziqlanish sifatiga umumiy ta’sir ko‘rsatgan va metabolik sindrom xavfini kamaytirgan. Jonni Boudenning ta’kidlashicha, avokadoda 11 grammadan 17 grammgacha tsellyuloza va kaliy, foliy kislotasi, A vitamini hamda karotinoidlar mavjud.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar