Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.09.2016

TEST: Siz daraxtning qayeridasiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 135
TEST: Siz daraxtning qayeridasiz?

Ushbu testning asoschisi britaniyalik psixolog Pip Uilson hisoblanadi. Dastlab bu test maktab o‘quvchilari uchun qo‘llanilgan edi. U tez kunlarda katta yoshlilar uchun ham qo‘llanish mumkinligi huquqini ham qo‘lga kiritdi. Mazkur test insonning hozirgi va kelajakdagi moddiy va ruhiy holatini aks ettiradi.
Siz mazkur rasmdagi odamlar shaklini kuzatishingiz mumkin. Rasmdagi odamlarning turli xildagi emotsional va jismoniy holatini ko‘rib chiqing. Endi ulardan bir nechtasini tanlashingiz, ushbu tanlovingiz asosida o‘zingizning hozirgi damdagi holatingiz hamda kelgusida o‘zingizni qanday holda ko‘rishni xohlashingiz haqida bilib olishingiz mumkin.

Test natijalari:

1, 3, 6, 7 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz maqsad sari intiluvchan insonsiz. Siz xato qilishdan qo‘rqmaysiz va xohlagan narsangizga erishish yo‘lidagi har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodirsiz.

4 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz hayotiy pozitsiyasini o‘zgartirmaydigan va matonatli insonsiz. Siz kam sonli harakatlar bilan ko‘p miqdordagi omadga erishishingiz mumkin.

2, 11, 12, 18, 19 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz barcha bilan chiqishib keta oladigan va kirishimli insonsiz. Har qanday vaqtda yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz, ularga yordam qo‘lini cho‘zasiz.

5 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Sizning qalbingiz xuddi tanangiz singari juda ham charchagan, hayotiy zahira kuchlaringiz kamayib bormoqda.

9 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz - quvnoq, ko‘ngil ochishni xush ko‘radigan va yolg‘izlikni yoki zerikishni bilmaydigan insonsiz.

13 va 21 raqamlarni tanlagan bo‘lsangiz: Siz "ichimdagini top" deydigan va hatto eng kichik ko‘ngilsizliklarni ham yurakka yaqin oladigan insonsiz. Siz odamlar bilan muloqot qilishdan qochasiz.

8 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz yolg‘izlikni sevasiz, o‘zligingizga, o‘z shaxsiy dunyongizga ketishni xohlaysiz.

10 va 15 raqamlarini tanlagan bo‘lsangiz:Siz har qanday holatga oson moslasha olasiz, o‘zingizni qoniqtiradigan hayotiy o‘ringa egasiz, shuningdek ruhiy jihatdan ham baquvvatsiz.

14 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz emotsional jihatdan xotirjam emassiz va ichki qarama-qarshiliklarni yengishga kuch sarflamoqdasiz.

20 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz o‘ziga juda ham yuqori baho beradigan insonsiz. Siz yetakchilik xususiyatiga egasiz va o‘zingizni fikringizdan boshqasini qabul qilishni xohlamaysiz .

16 raqamini tanlagan bo‘lsangiz: Siz har doim boshqa odamlarni qo‘llab-quvvatlashdan charchagansiz, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz.

17 raqamiga e’tibor bergan bo‘lsangiz:Siz yaqinlaringiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqdasiz.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar