Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Murakkab qarorlarni qabul qilishga qiynalasizmi? Unda 10/10/10 qoidasi bilan tanishing!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
Murakkab qarorlarni qabul qilishga qiynalasizmi? Unda 10/10/10 qoidasi bilan tanishing!

Har qanday murakkab vaziyatda ham o‘zni qo‘lga olib, uxlashga yotish kerak, degan fikrlar mavjud. Biroq, tongda uyqudan turganingizda muammolarga hech qanday javob olmaysiz — barcha erda jimjitlik. Agarda siz murakkab qaror qilishingizga to‘g‘ri kelsa, lekin bu sizni qiynasa, u holda 10/10/10 qoidasiga amal qilishingizni so‘raymiz.

Hal qilib bo‘lmaydigan muammolar qarshida barcha umidlarni yo‘qotish juda ham oson. Balki, ichki nizoni hal etishda eng katta dushman bu qisqa muddatli his-hayajondir. U ishonib bo‘lmaydigan hamroh vazifasini bajaradi. Agar insonlar hayoti davomida qilgan eng noto‘g‘ri qarorlar bilan bo‘lishsa, ular doim o‘zining instinktiv his-tuyg‘ulariga ishora qilishadi: ochko‘zlik, g‘azab, ehtiros, qo‘rquv.

E’tiboringizga Harvard Business Review nashrining sobiq bosh muharriri, taniqli telesharhlovchi Syuzi Uelch (Suzy Welch)ning ishda ham, hayotda ham muvaffaqiyatga erishish strategiyasini havola etamiz. U 10/10/10 deb nomlanadi va uchta turli vaqt chegarasidagi nuqtai nazardan qaror qabul qilishni o‘z ichiga oladi:

* Siz bunga 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng qanday qaraysiz?

* Bu qaror haqida 10 oy o‘tgach qay fikrda bo‘lasiz?

* Bunga 10 yildan so‘ng qanday munosabatda bo‘lasiz?


Bu vaqtga e’tiborimizni qarata turib, biz qabul qilinishi kerak bo‘lgan muhim qarorlardan bir qancha masofalarga uzoqlashamiz.

Murakkab qarorlarni qabul qilishga qiynalasizmi? Unda 10/10/10 qoidasi bilan tanishing!

Endi esa mazkur qoidaga bog‘liq hayotiy misolni o‘rganamiz:

Sevgilisini yo‘qotishdan qo‘rqayotgan Veronika ismli qiz doimo jiddiy munosabatlarni kutib yashar edi. U ham boshqalardek, oila qurib, farzandli bo‘lishni istaydi. Biroq sevgan yigiti bu haqida og‘iz ochmaydi.

Unga 10/10/10 qoidasidan foydalanish taklif etildi — u hozirning o‘zida iqror bo‘la olishini hal qilishi so‘raldi: Veronika dam olish kunlari Kirillga sevgi izhor qiladimi?


Savol 1: Bu qarorga 10 daqiqadan so‘ng qanday qaraysiz?

Javob: «Fikrimcha, men qiynalardim, biroq shu bilan birga birinchi bo‘lib fikrimni ayta olganim uchun o‘zimdan faxrlanardim»

Savol 2: Bu qaror haqida 10 oy o‘tgach qay fikrda bo‘lasiz?

Javob: «Fikrimcha bu qarorimdan o‘n oy o‘tgach, afsuslanmayman. Men baxtli bo‘lishni chin dildan istayman. Kim tavakkal qilmasa, baxtga erisha olmaydi!»


Savol 3: Bunga 10 yildan so‘ng qanday munosabatda bo‘lasiz?

Javob: «Kirill bunga qanday munosabat bildirishidan qat’i nazar 10 yildan so‘ng, birinchi bo‘lib sevgi izhor qilishning men uchun ahamiyati bo‘lmasa kerak. Bu vaqtda men yoki u bilan birga baxtli yashayman, yoki boshqa inson bilan».

Murakkab qarorlarni qabul qilishga qiynalasizmi? Unda 10/10/10 qoidasi bilan tanishing!

Aynan shu tarzda 10/10/10 qoidasi ish berdi! Natijada esa biz juda oddir qarorga ega bo‘lamiz:

Veronika tashabbusni o‘z qo‘liga olishi kerak. Agarda uni Kirill rad etsa ham, o‘z qaroridan faxrlanishi kerak, sababi mustahkam bo‘lmagan munosabatlarga o‘z vaqtida chek qo‘ygan ma’qul. Veronika nihoyat birinchi bo‘lib «Men seni sevaman» deb ayta oldi. Bundan so‘ng ularning munosabatlari yanada ijobiy tomonga o‘zgardi: hozirda ular to‘yga taraddud ko‘rayotgan bo‘lsa, neajab.

10/10/10 strategiyasi nuqtai nazaringizni turli burchaklarga o‘zgartirishingizga majbur qiladi. Natijada, siz hal qilishga qiynalayotgan qarordan nima kutayotganingizni aniqlashga yordam beradi.

Muhim va ma’suliyatli qarorlarni qabul qilishda hissiyotlar ustun kelishiga yo‘l qo‘ymang. Aqliy idrok va fikrlash doirasini ko‘proq ishlating va to‘g‘ri qaror chiqaring!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar