Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 374
Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

Xitoyda yashash oson emas. Aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatda o‘z kunini ko‘rish uchun tinimsiz mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq xitoylik bolalar bunga tayyor ―ularning og‘ir mehnati birinchi sinfdan boshlanadi.

O‘z vaqtida men to‘rtta xitoy maktabida ingliz tilidan dars berganman (kung-fu maktabida trener ham bo‘lganman). Shu sababli ularning maktabini taqqoslash juda qiziq.

1. Ko‘plab Xitoy maktablarida isitish quvurlari yo‘q, shu sababli ustoz va o‘quvchilar ustki kiyimni echishmaydi. Markazish isitgichlar mamlakat shimolida mavjud. Xitoyning markaziy va janubiy qismi ilik iqlimga moslashgani uchun juda ham sovuq havoda konditsionerlarni yoqish mumkin. Maktab formasi ― sport kiyimi: keng ishton va qalin kurtka. Forma deyarli barcha erda bir xil. Maktabning barcha hududi katta temir darvozalar bilan o‘ralgan. Ular faqat bolalarning darsi tugaganida ochiladi.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

2. Xitoy maktablarida har kuni badantarbiya va umumiy yig‘ilish qilishadi. Yig‘ilishlarda davlat yoki maktab bayrog‘i ko‘tarilib, muhim xabarlar aytiladi. Uchinchi darsdan so‘ng barcha ko‘zlarni chalg‘itish uchun turli mashqlar bajaradi.

Tszinan shahridagi maktab o‘quvchilari tomda mashq bajarishadi.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

3. Katta tanaffus asosan tushlik qilish uchun mo‘ljallangan va u bir soatga cho‘ziladi. Bu vaqt ichida bolalar oshxonaga kirib (agar maktab oshxonasi bo‘lmasa, ularga maxsus qutilarda taom keltirishadi) ovqatlanishadi va dam olishadi. Barcha maktab o‘qituvchilariga to‘yimli taomlar bepul beriladi. Tushlik odatda, go‘shtli va ikkita sabzavotli taom, guruch va sho‘rvadan tashkil topadi.Qimmat maktablarda mevalar va yogurt ham beriladi. 4. Mazali va to‘yimli tushlikdan so‘ng kichik sinf o‘quvchilariga 5 daqiqa mizg‘ib olishiga vaqt beriladi. Darvoqe, bir vaqtda o‘quvchilarim darsda uxlab qolganida ularni yurak qonini quyib uyg‘otishga to‘g‘ri kelgan.

4. O‘qituvchilar juda ham qadrlanadi. Ularni ismlariga «ustoz» qo‘shimchasini qo‘shib chaqirishadi. Bir maktabda o‘quvchilar ― mening o‘quvchilarim yoki boshqaning farqi yo‘q, ― meni ko‘rgach ta’zim qilishdi. Ko‘plab maktablarda tartibsizlik uchun jismoniy jazo qo‘llaniladi. O‘qituvchi qandaydir ayb ish uchun o‘quvchini qo‘l bilan urishi mumkin. Mening xitoylik dugonam aytishicha, ularga ingliz tilini o‘rganishlari uchun ma’lum muddat berilgan va yodlanmangan so‘zlar uchun ularni tayoqchada urishgan.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

5. Xonalarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish reytingi osib qo‘yiladi va bu ularning yanada yaxshi o‘qishiga turtki bo‘ladi. A dan Fgacha bo‘lgan baholar ichida eng yuqorisi A ― 90―100 foizli ko‘rsatkich, F esa ― eng qoniqarsiz 59 foizdir. Yaxshi xulq ― ta’lim tizimining muhim qismi. Masalan, to‘g‘ri javob yoki namunali xulq uchun darsda o‘quvchi bir xil rangli yulduzcha yoki qo‘shimcha ball oladi. Darsda gaplashib o‘tirganlarning ballari olib tashlanadi.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

6. Xitoylik bolalar har kuni 10 soatdan ko‘proq o‘qishadi. Darslar odatda, tonggi sakkizdan kunduzgi uch-to‘rtgacha davom etadi. Keyin esa ular uyiga qaytib, yana kechki soat o‘ngacha uy vazifalarini bajaradi. Katta shaharda dam olish kunlari repititor bilan qandaydir qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, bolalar musiqa, san’at va sport to‘garaklariga qatnashishadi. Bolalik chog‘idanoq raqobat kuchliligi sababli ular doim ota-ona ta’qibi ostida bo‘lishadi. Agarda bolalar boshlang‘ich maktab imtihonidan yaxshi o‘ta olishmasa, ularning universitetga kirishi talab qilinadi.

7. Maktablar xususiy va davlat ta’lim dargohiga ajratilgan. Xususiy maktablarda tahsil olish oyiga minglab dollarga aylanishi mumkin. Asosiy e’tibor chet tillarini o‘rganishga qaratiladi. Shu sababli yuqori toifali maktab o‘quvchilari beshinchi sinfidayoq ingliz tilida erkin so‘zlasha oladi. Shuningdek, Shanxayda maxsus davlat dasturi asosida chet ellik o‘qituvchilar oddiy davlat maktablarida dars berishadi.

8. Ta’lim tizimi yodlab olishga asoslangan. Bolalar shunchaki katta hajmdagi matnlarni yodlab olishadi. O‘qituvchilar esa ularni yoddan aytib berishni so‘rashadi va mavzu qanchalik tushunarli bo‘lganiga e’tibor qaratishmaydi. Biroq hozirda alternativ ta’lim tizimi (bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan Montessorlar yoki Valdorf) katta shuxrat qozonmoqda. Albatta, bu kabi maktablar to‘lovi katta bo‘lib, unda juda kam inson farzandini o‘qita olishga imkon topa oladi.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

9. Juda ham quloqsiz yoki o‘qishni istamaydigan kambag‘al oila farzandlarini ko‘pincha umumta’lim maktablaridan olib ketishadi va kung-fu maktablariga yuborishadi. Ular u erda ertalabdan kechgacha mashq qilishadi. Agarda omad kulib boqsa, boshlang‘ich ta’limni ham o‘rganishadi: ular juda qiyin bo‘lgan xitoy tilida yoza olishi, o‘qishi kerak bo‘ladi.

Bunday ta’lim maskanlarida ustozlar shogirdlarni ayamay kaltaklashadi. Biroq evaziga ota-onalar tartibli va kung-fu murabbiyi darajasiga etgan farzandni qarshi olishadi.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

Qaerda tahsil olishdan qat’i nazar, ular uchta asosiy sifatni o‘zlashtirishga harakat qilishadi: mehnat qila olish, tartibga rioya qilishi va yoshi katta insonlarga hurmatda bo‘lish.

Xitoy maktablari haqida qiziqarli ma’lumotlar

Ularni yoshlikdan o‘z sohalarining eng yaxshi bo‘lishga o‘rgatishadi. Balki aynan shu sababli xitoyliklar jahonning ko‘plab ilg‘or sohalarda birinchilikni egallab kelishmoqda.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar