Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.09.2016

Farzandingizga aslo bunday deya ko‘rmang!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 127
Farzandingizga aslo bunday deya ko‘rmang!

Har bir ota-ona o‘z farzandining sog‘lom va baxtli bo‘lishini istaydi. Shunga qaramay, ba’zan o‘zimiz bilib-bilmay bunga qarshi ish qilamiz. Quyida e’tiboringizga farzandingizning hayotiga, kelajagiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan gaplarni havola etamiz.

Shunday gaplar borki, ularni farzandingizga qancha gapirsangiz ham arziydi - bular qo‘llab-quvvatlovchi, maqtovchi, hamdardlik bildiruvchi so‘zlardir. Bundan tashqari yana shunday gaplar, iboralar borki, ularni aslo tilga ola ko‘rmang.


"Ahmoqona gaplarni gapirma!"


Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolalar kattalardan farqli o‘laroq, hech qachon bekorchi gaplarni gapirishmaydi. Sizga har qancha kulgili yoki bema’ni tuyilmasin, farzandingiz sizga aytgisi kelgan har bir so‘z u uchun muhim ahamiyatga ega. Uni inkor etib, bolaning so‘zlari siz uchun ahamiyatsiz ekanligini bildirgan bo‘lasiz. Keyin farzandingiz sizdan ko‘p narsani sir tutadigan bo‘lib qolsa, ajablanmang. Qanday gap gapirmasin, uning yutuqlari uchun xursand bo‘ling, so‘zlarini diqqat bilan tinglang. Agar u biror bir muammo bilan kelgan bo‘lsa, uni hal qilishga urinib ko‘ring.



"Mana ol-da, nari ket!"

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolaning talabiga javob berishning eng yomon usuli. Unga minnat qilayotganingiz etmagandek, undan ketishni talab qilyapsiz. Bolalar o‘z istagiga erishish yo‘lida bu usuldan foydalanishga tez ko‘nikishadi. Ota-onalar esa keyin "qachon shunchalik uzoqlashishga ulgurdik?", deb ajablanishadi. "Nari ket" so‘zini qo‘llamaslikka harakat qiling, zero bu siz va farzandingiz o‘rtasidagi masofani uzoqlashtiradi.


"Boshqalar uddasidan chiqadi, sen esa yo‘q".

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolani boshqalardan yomon ekanligiga ishontirib, siz farzandingizda o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik hissini shakllantirasiz. Ba’zi ota-onalar shu yo‘l bilan bolani to‘g‘ri yo‘lga solishga urinishadi, biroq bunday usul hattoki kattalarda ham ijobiy natija bermaydi. Zigmund Freydning shunday so‘zlari bor: "O‘zingizni taqqoslashingiz mumkin bo‘lgan yagona shaxs - bu o‘tmishdagi o‘zingiz". Ana shu so‘zlarga asoslanib, bolani tarbiya qilsangiz, u o‘ziga ishongan shaxs bo‘lib voyaga etadi.


"Ko‘zimga ko‘rinma".

Farzandingizga aslo bunday deya ko‘rmang!

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bunday so‘zlar bolaga na uning o‘zi va na muammolari ota-onasiga keraksiz ekanligini bildiradi. Ba’zan ota-onalar shu yo‘l bilan mojaroning oldini olishga harakat qilishadi, ammo muammodan qochish bilan uni hal qilib bo‘lmaydi. Farzandlaringizning so‘zlarini eshiting, ularga yordam bering. Ziddiyatli vaziyatlarda esa boshqacha usullarni qo‘llang.


"Sen eplay olmaysan, yaxshisi menga ber".

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolaning urinib ko‘rish harakatiga chek qo‘yib, kelajakda uni yordamga muhtoj va omadsiz qilib qo‘yasiz. Psixologiyada buni "o‘rgatilgan ilojsizlik" deyiladi, ya’ni inson biror narsani qila olmasligiga oldindan o‘zini ishontiradi. Shunday ekan, farzandingiz qiyinroq ishga kirishganini ko‘rsangiz, yaxshisi unga "Kel, senga yordamlashib yuboraman", deb ayting yoki u sizga biror ishda ko‘mak bersin.

*Beodob so‘zlar* (so‘kinish)

Nima uchun mumkin emas? Ota-onaning farzandi oldida so‘kinishi kerak emasligini barchamiz yaxshi bilamiz, bu borada ma’ruza o‘qishga hojat bo‘lmasa kerak. Bunday so‘zlarni nutqingizdan umuman olib tashlang.


"Sen yomonsan!" yoki "Quloqsizsan"

Farzandingizga aslo bunday deya ko‘rmang!

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Bolalar ota-onalarining fikrlarini juda qadrlashadi. Bunday so‘zlarni aytar ekansiz, farzandingiz ularga amal qilishini yoddan chiqarmang. Bu bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va kelajakdagi muammolardan darak beradi. "Sen yomonsan" yoki "Quloqsizsan" deyish o‘rniga "Sen to‘g‘ri ish qilmading", "Bu noto‘g‘ri qaror", deb ayting. Bolaga emas, uning harakatlariga baho berib, siz uning yaxshi tomonga o‘zgarishiga turtki bergan bo‘lasiz.


"Seni yaxshi ko‘rmayman"

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Ota-onaning sevgisida shart qo‘yish noo‘rin. Undan mahrum bo‘lish xavfi hayotdan mahrum bo‘lishga teng. Farzandingizni yaxshi ko‘rasiz-ku, axir! Unda nima uchun bolaga yolg‘on gapirasiz? Bunday gaplarni aytaversangiz, bolaning ko‘ngliga sovuqchilik solasiz.


"Seni tashlab ketaman"

Farzandingizga aslo bunday deya ko‘rmang!

Nima uchun bunday deyish mumkin emas? Ota-ona - farzandi uchun eng muhim inson. Uning hayoti ota-onaga bog‘liq, bola onasiz yashashni tasavvuriga ham sig‘dira olmaydi. Shu bois ba’zan bu usul sizga ish berayotgandek tuyuladi... Har qanday asossiz tahdidlar takrorlanaversa, bola ularni qabul qilmay qo‘yadi, lekin asabini ishdan chiqarishga ulgurasiz. Aslo bunday qila ko‘rmang! Farzandingiz bilan qo‘rquv va jazoga asoslangan munosabat o‘rnatmang. Buning uddasidan chiqish oson emas, albatta, biroq natija buni oqlaydi.

Ko‘rib turganingizdek, ota-onaning farzandiga bo‘lgan munosabati, ularning gapirayotgan gaplari katta ahamiyatga ega. Shu bois har bir so‘zingizga e’tiborli bo‘ling. Ota-onaning xatti-harakati esa undan-da muhim. Yomon so‘zlardan saqlanish bilan birga noto‘g‘ri amallardan ham saqlaning, zero farzandingiz sizni kuzatib turibdi, u kelajakda sizning harakatlaringizni yoki gap-so‘zlaringizni takrorlamasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" maqolini doim yodda tuting.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar