Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

Sarimsoq 20 dardga davo. O‘qing...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 561
Sarimsoq 20 dardga davo. O‘qing...

Sarimsoq barcha xalqlarning milliy oshxonasida o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘tkir hidli bu mahsulot sog‘lik uchun juda foydali. Sarimsoqdagi o‘zgacha birikma bu allitsin bo‘lib, u antibakterial, antivirusli, zamburug‘larga qarshi va antioksidantlik xususiyatlariga ega. Shuningdek, u qon aylanishi, ovqat hazmi va immun tizimiga yaxshi ta’sir ko‘rsatuvchi, qon bosimini tushiruvchi va tozalashga yordam beruvchi selen, alliin va adjoen kabi fitonutrientlar manbaidir. Quyida sarimsoqning sog‘lik uchun foydali bo‘lgan 20 ta xususiyati keltirilan.

1. Antibakterial va antivirus vositasi

Sarimsoqqa ko‘rsatiluvchi katta hurmat va ehtirom ham aynan uning bakteriya va viruslarga qarshi kurashi va ularni engishi sabablidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi sarimsoq ovqatdan zaharlanishning oldini oladi va me’dadagi mikrob tayoqchalari va salmonellani o‘ldiradi.

2. Teri infektsiyalarini davolaydi

Sarimsoqda aniqlangan adjoen kimyoviy birikmasi teridagi zamburug‘li kasalliklarni davolaydi.

3. Qonni suyultiradi

Adjoenning yana bir xususiyati antikoagulyantlik bo‘lib, organizmda tromblar bo‘lmasligi, ya’ni tomirda qon ivib qolmasligiga xizmat qiladi.

4. Kayfiyat uchun

Sarimsoq V6 vitamini manbai bo‘lib, bu darmondori immun tizimi sog‘lomligiga va yangi hujayralar o‘sishi uchun kerakdir. V6 vitamini tushgan kayfiyatni ham ko‘taradi.

5. Yurak va tomirlar himoyasi

Sarimsoq yuragimizni miokard infarkti va aterskleroz kabi yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qiladi.

6. Xolesterin miqdorini tushiradi

Sarimsoq qondagi triglitserid, shuningdek, xolesterin miqdorini tushurish xususiyatiga ega.

Sarimsoq 20 dardga davo. O‘qing...

7. Qon bosimini tushiradi

Sarimsoq polisulfidlarni ham o‘zida jamlagan bo‘lib, u qon bosimini nazorat etishga ko‘maklashadi.

8. Allergiya ustidan g‘alaba

Sarimsoq allergik rinit kabi nafas yo‘llaridagi allergik yallig‘lanishlarni yo‘qotadi. Shuningdek, yangi tayyorlangan sarimsoq sharbati toshmalar va hasharotlar chaqqandagi qichishishni bartaraf etadi.

9. Nafas yo‘llari uchun davo

U astma va nafas siqishi, neotsenizm va yo‘talda yordam beradi va bronxitni davolaydi.

Sarimsoq 20 dardga davo. O‘qing...

10. Diabetda yordam

Sarimsoqning tarkibidagi foydali birikmalar insulinni oshiradi va qondagi shakar miqdorini tartibga soladi.

11. Qadoq va so‘galga qarshi

Sarimsoq yog‘i oyoqlardagi qadoqni tez davolaydi va qo‘ldagi so‘gallarni yo‘q qiladi. Buning uchun paxta yoki salfetka yordamida sarimsoqli birikmani zarur o‘ringa qo‘yish kerak.

12. Saraton profilaktikasida

Har kuni sarimsoq iste’mol qilish saratonga chalinish xavfini kamaytiradi. Bu xususiyat sababi uning tarkibida allilova sulfidlari borligidir.

13. Metabolizmni tuzatadi

Sarimsoq tarkibidagi yana bir birikma diallil sulfid metabolizmni tuzatadi.

14. Ishtiyoq baxsh etadi

Bu sarimsoqning qon aylanishini yaxshilash xususiyati tufaylidir.

15. Tish og‘rig‘ini qoldiruvchi dori

Yanchilgan sarimsoqni og‘rigan tishga bosilsa antibakterial va analgetik ta’sir qiladi, ya’ni og‘riq sezish qobiliyatini yo‘qotadi. Biroq milklarda achishishni qo‘zg‘atishi mumkin.

Sarimsoq 20 dardga davo. O‘qing...

16. Ozdiruvchi xususiyati

Tadqiqotlarda sarimsoqning organizmimizdagi yog‘ hujayralari ishini tartibga solishi ko‘rindi. Bu sarimsoq tarkibidagi yallig‘lanishga qarshi xususiyat tufayli yuz beradi.

17. Artrit (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi)dagi og‘riqni kamaytiradi

Revmatoid artritdagi og‘riq va boshqa alomatlarni bartaraf etishda sarimsoqning ham ulushi bor. Buning uchun sarimsoq qaynoq aloe geli bilan aralashtirilib maz tayyorlanadi. Bunday maz revmatizm sababli bo‘g‘imlarda kelib chiqayotgan og‘riqni kamaytirib, tinchlanishga yordam beradi.

18. Bolaga(ona qornidagi) vazn orttirishga yordam beradi

Olimlarning ta’kidlashicha, sarimsoq ona qornidagi bolaga vazn orttirishga yordam beradi. Buning uchun homilador ayol sarimsoq solib tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Biroq onaning bundan oldingi farzandi katta vazn bilan tug‘ilgan bo‘lsa, sarimsoq iste’molini kamaytirgan yaxshi.

19. Qalqonsimon bezga foydasi

Sarimsoq juda ko‘p yodni o‘zida saqlaydi va qalqonsimon bez kasalliklarida samarali davo vositasi hisoblanadi.

20. Zamburug‘ga qarshi

Jinsiy yo‘llarning zamburug‘li va bakterial infektsiyalari sarimsoq tarkibida ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan allitsin tufayli muvaffaqiyatli yo‘q qilinadi. Bunday hollarda sarimsoq yog‘ili kapsula yoki poroshoklardan foydalanish mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar