Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.09.2016

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 279
Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yaponiya texnologiya borasida boshqa mamlakatlardan doim oldinda yurishi bilan faxrlanadi. Nomutanosib geografik joylashuv va noodatiy tabiiy sharoitlar yaponlarni chinakam ixtirochi va samarador ishlaydigan millatga aylantirdi.

Ba’zida esa ularning ijodkorligi va texnologik kashfiyotlari haddan ziyod g‘aroyib bo‘lib, bu esa boshqa davlat vakillarini hayratga solib keladi. Quyidagi ixtirolarni ham aynan yaponlar o‘ylab topgan bo‘lib, ularni mamlakatga qilgan sayohatingizda uchratishingiz mumkin!


Sun’iy tishlar.


Yapon ayollari uchi o‘tkir tishlardan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Yaponiyada bu kabi tishlar «yabea» deb nomlanadi. Ayollar ushbu mini-tishlarni o‘rnatish uchun kosmetik jarrohlarga yuzlab dollar sarflashga tayyor.


G‘ayrioddiy parkovkalar

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yaponiyada 126 milliondan ortiq inson yashaydi. Tabiiyki, aholi uchun joylarni tejash asosiy muammoga aylangan. Parkovka uchun joylar — bundan mustasno emas. Agarda savdo markazlariga kirib qolsangiz, mana shunday g‘aroyib parkovkalarga ko‘zingiz tushadi.


Mayonez.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yapon mayonezlari o‘z tarkibi bo‘yicha boshqalardan farq qilmaydi. Biroz ularni buterbrod, salatlar uchun ishlatishmaydi, an’anaviy Kewpie mayonezidan muzqaymoq, chips va hattoki, quymoqlar tayyorlanadi.


Super soyabon

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Agarda yomg‘irga kuchli shamol ham ergashib kelsa, oddiy soyabonlar befoyda bo‘lib qoladi. Shu maqsadda yaponlar antiqa soyabon ixtiro qilishgan.


Liftdagi qizlar.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

G‘arb mamlakatlarida liftchilarni uchratmaysiz. Univermag yoki mehmonxonalarda ular endi faoliyat olib bormaydi. Biroq Yaponiyada bu ajoyib xizmat hali ham mavjud.


Mikroto‘lqinli pechdagi kuchukcha.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Super soyabon sizni yomg‘irdan himoya qilishi mumkin, biroq agarda sovuq tushsa-chi? Ko‘rpalar haqida unuting! Yaponiya sizni bir zumda isitib qo‘yuvchi bu kuchukchani ixtiro qildi. Uni shunchaki mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak!


Idorada uxlash.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Agarda g‘arb olamida idorada uxlab qolish qabul qilinmagan bo‘lsa, yapon biznes-madaniyati juda ko‘p ishlovchi idora xodimlarga ishda mizg‘ib olishi - ya’ni «inemuri» uchun ruxsat beradi. Ayrim xodimlar rahbar ularni ko‘p mehnat qilgan deb o‘ylashi uchun o‘zini uxlab qolgandek ko‘rsatadi.


Metrodagi bo‘yin uchun taglik.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yaponlar juda ko‘p mehnat qiladi, ba’zan esa ular metroning o‘zida uxlab qolishadi. Boshni ko‘tarish uchun ayrim insonlar mana shunday antiqa uskunadan foydalanadi.


Muzqaymoq uchun noodatiy qo‘shimchalar.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yapon taomlari doimo barchani hayratga soladi. Masalan, siz ko‘mir, sakkizoyoq yoki kaktusli muzqaymoq egan bo‘larmidingiz?


Quloqlarni tekshirish uchun maxsus qurilma.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Yaponlar quloqlarni ichini ko‘rishga imkon beruvchi ixtiroga ham qo‘l urishdi. Mana bu qurilma orqali quloq pardasi va boshqa narsalar qaerda yashiringanini bilib olish mumkin.


Savdo avtomatlari.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Bir ko‘rishda bunday uskunalar barcha erda bor, deb o‘ylashingiz tabiiy. Biroq uning ichiga solish mumkin bo‘lgan mahsulotlar turlicha. Sababi, yapon avtomatlarida barcha narsani topish mumkin — Fuji tog‘i yaqinidagi qadimiy ibodatxona buyumlaridan tortib, yangi tuxum, quymoq va batareyalargacha.


Pol artuvchi bolalar.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Ha, ajablanmang, to‘g‘ri o‘qidingiz. Shuchaki bolalaringiz emaklayotgan vaqti uyni tozalab chiqishiga ruxsat bering. Shvabra shrnatilgan bu kiyimcha — ponlarning yana "g‘alati" ixtirosi.


Tuganmas pufaklar.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Ko‘plab insonlar havo bilan to‘lgan pufakchlarni yorishni yaxshi ko‘rishadi. Yaponlar bu o‘yinga jiddiy e’tibor qaratib, cheksiz havoga to‘luvchi va doim yorish mumkin bo‘lgan pufakchalarni yaratishdi!


Dunyodagi eng kalta eskalator.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

U Kavasaki shahridagi More’s univermagi erto‘lasida joylashgan. Uning bor-yo‘g‘i beshta zinasi bor, balandligi — 83 sm.


Noodatiy ta’mli Kit Kat.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Siz Kit Kat shokoladini bilasiz. Soya sousi va pishgan kartoshkali Kit Kat'ga tobingiz qalay? Bu shokolad Yaponiyada juda ham mashhur.


Velosipedlar makoni.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Aholi sonining ko‘pligi va yo‘llar tirbandligi sabab Yaponiyada velosiped eng qulay transport vositasiga aylangan. Shunday ekan, mana bunday manzaralarni har bir savdo markazi, temir yo‘l bekati va boshqa omma yig‘iluvchi erlarda uchratish mumkin.


Kapsulali mehmonxonalar.

Yaponiyada uchratish mumkin bo‘lgan eng g‘alati ixtirolar

Buni yaponlarning tarixdagi eng g‘alati ixtirosi, desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Bu kabi mehmonxonalar 1979 yil Tokioda paydo bo‘lgan va hozirgacha faoliyat yuritib keladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar