Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

Ruhiy test: “Men o‘zimni sevaman”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 137
Ruhiy test: “Men o‘zimni sevaman”

Inson avvalo o‘zini sevib yashashi kerak, deya uqtiradi ruhshunoslar. Ammo ko‘pchilik bu xudbinlik, deydi. Aslo! O‘zni sevish va xudbinlik o‘rtasida osmon bilan yercha farq bor. O‘zini yaxshi ko‘rgan inson o‘zi istagandek hayot kechiradi. Xudbin esa boshqalarni ham o‘z istaklariga bo‘ysundirishni xohlaydi. Bugungi testimiz sizning o‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz darajasini belgilashingizga yordam beradi.

1. O‘zingizni atrofdagilar bilan solishtirasizmi?
A. “Hech qachon” — 3 ball.
B. “Ba’zida” — 2 ball.
V. “Ha, atrofdagilar bilan qanchalik o‘xshashligimni bilib turishim kerak-ku” — 1 ball.
G. “Ayniqsa, nimanidir uddalay olmasam, o‘zimni boshqalar bilan qiyoslayman” – 0 ball.

2. Nafsoniyatingizga tegish...
A. “Qiyin” – 3 ball.
B) “Hammaning ham qo‘lidan kelmaydi, biroq uddalaganlar ham bor...” – 2 ball.
V. “Oson” – 1 ball.
G. “Juda oson” – 0 ball.

3. Atrofdagilarning sizni e’zozlashlari qanchalik ahamiyatli?
A. “To‘g‘risi, boshqalarning fikri bilan hisoblashib o‘tirmayman” – 3 ball.
B. “Ba’zida qadrimga yetishlarini istab qolaman” – 2 ball.
V. “Deyarli har doim ularning mehrini his etib turishim lozim” – 1 ball.
G. “Juda ahamiyatli-da!” – 0 ball.

4. O‘zingizni chorasiz his etasizmi?
A. “Yo‘q, har bir masalaning yechimi bo‘ladi” — 3 ball.
B. “Ba’zida noilojlikdan tushkunlikka tushib qolaman” – 2 ball.
V. “Chorasiz vaziyatda yechim izlamaslik kerak, hammasini shunchaki vaqt hukmiga qo‘yib berish darkor” – 1 ball.
G. “To‘g‘risi, noilojlikdan doim iztirob chekaman” – 0 ball.

5. “Agar biror ish qo‘limdan kelmasligini bilsam...”
A. “Albatta, bajarib ko‘raman, balki eplarman” – 3 ball.
B. “Ba’zan harakat qilish uchun o‘zimda kuch topa olishim mumkin” – 2 ball.
V. “Boshlab nima ham qildim” – 1 ball.

6. Hamma ishni 110% ga bajarishga intilasizmi?
A. “Yo‘q, bilganimcha bajaraman” – 3 ball.
B. “Gohida o‘z oldimga shunday talablar qo‘yishim mumkin” – 1 ball
V. “Har doim shu maqsadda ish boshlayman” – 0 ball.

7. Doim ham boshqalarga qulay yo‘lni tanlaysizmi?
A. “Birinchi navbatda o‘zimga qulay bo‘lishini istayman” – 3 ball.
B. “Odatda o‘zimga yoqqan ish boshqalarga noqulaylik tug‘dirmasligiga harakat qilaman” – 2 ball.
V. “Ko‘pincha atrofdagilarga ma’qul yo‘lni tanlashga majbur bo‘laman” – 1 ball.
G. “Nima uchundir boshqalarning manfaatlarini o‘zimnikidan ustun qo‘yaman” – 0 ball.

8. Yo‘q deyishga qiynalasizmi?
A. “Yo‘q, qiynalmayman” – 3 ball.
B. “To‘g‘ri, rad etib bo‘lmaydigan vaziyatlar ham bo‘lib turadi, ammo ko‘pincha istaklarimga qarab yo‘l tutaman” – 2 ball.
V. “Ha” – 1 ball.
G. “Juda ha, ko‘pincha shu sabab o‘z istaklarimdan voz kechaman” – 0 ball.

9. Omadingiz chopmasa, o‘zingizni aybdor his etasizmi?
A. “Yo‘q, bundan tushkunlikka tushmayman” – 3 ball.
B. “Barini taqdirga yo‘yib qo‘ya qolaman” – 2 ball.
V. “Ha, ko‘pincha o‘zimni ayblаyman” – 1 ball.
G. “Hatto men xato qilmagan bo‘lsam-da, baribir aybdorlik hissidan xalos bo‘la olmayman” – 0 ball.

10. Oxirgi paytlarda kayfiyatingiz...
A. “Juda zo‘r!”– 3 ball.
B. “Yaxshi” – 2 ball.
V. “Bahor obi-havosidek” – 1 ball.
G. “Yomon, stressni boshdan kechirayapman” – 0 ball.

Natija
23-30 ball
Siz o‘zini yaxshi ko‘ruvchi kishilar safining oldidan o‘rin egallagansiz. Har qanday masalada o‘z fikringizni ayta olish va unga amal qilish siz uchun juda muhim. Ba’zida shu odatingiz sabab biroz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganda ham o‘zingizni sevishingiz xudbinlikka aylanib ketmasligi uchun o‘z ustingizda ishlang.

14-22 ball
Agar o‘zingizga tanqidiy nazar bilan boqishdan biroz tin olsangiz, yangidan-yangi qirralaringizni namoyon etish imkoniyatingiz ortadi. Demak, o‘zingizni tanqid qilishga sarflaydigan vaqtingizni yangiliklarni o‘rganishga safarbar eting, shunda ko‘proq yutuqqa erishasiz. O‘zingizga, imkoniyatlaringizga, iste’dodingizga ishoning!

0-13 ball
Siz nima uchundir o‘zingizni umuman yaxshi ko‘rmaysiz. Ha, doim boshqalarning fikrini, xohishlarini birinchi o‘ringa qo‘yasiz. Natijada omad ham sizdan yuz o‘giradi. Bugundan o‘z ustingizda ishlashni boshlang. Nima istaysiz bu hayotdan? Maqsadlarni aniqlashtirib, ular sari dadil qadam tashlang. Xudbin bo‘lib qolaman deb qo‘rqmang. Me’yorni unutmasangiz, hammasi joyida bo‘ladi. O‘zingizni sevib yashashni o‘rganing.

Manba: Darakchi.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar