Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2016

“Qiyshiq” inshootlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 239
“Qiyshiq” inshootlar

Qadimda minora yoki binoning bir tomonga og‘ishi noto‘g‘ri hisob-kitoblar oqibatida yuz bergan bo‘lsa, hozirda arxitektorlar bunday inshootlarni o‘zlari o‘ylab topishmoqda.

1. Tatlin minorasi. 1919 yili arxitektor Vladimir Tatlin Moskva yoki Leningradda qad ko‘tarishi mo‘ljallangan minora loyihasini yaratgan. Uning balandligi 400 metr, og‘ish darajasi — 23,5 daraja.

“Qiyshiq” inshootlar

Ushbu loyihada ikki metall spiralning bir-biri bilan mutanosib holda tiklanishi ko‘zda tutilgandi. Binoning pastki qismi yil davomida bir marta aylanardi. Uning ustida ehrom shaklidagi bino bo‘lib, u bir oyda bir marta o‘z o‘qi atrofida aylanardi. Ammo bu loyiha qog‘ozda qolib ketgan.

“Qiyshiq” inshootlar

2. “Evropa darvozalari” (Puerta de Europa de Madrid) — egizak minoralar. U dunyodagi birinchi og‘ma osmono‘par binodir. 1994 yilda bunyod etilgan minoralar bir-biriga qarab 15 daraja burchak ostida og‘ib turadi. Balandligi 114 metr, 26 qavatdan iborat. Ikkala minoraning qurilishi bir vaqtda boshlangan va bir vaqtda nihoyasiga etkazilgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Imorat qovurg‘asi (karkasi) zanglamaydigan po‘latdan qilingan. Ichkarida o‘lchami 60×10×10 metrli monolit betondan tayyorlangan shayin 15 darajali burchakni muvozanatda ushlab turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

3. Shvetsiyadagi Karolina tibbiyot institutining “Aula Medica” audioriyasi. V harfi shaklidagi ma’ruzalar korpusining konferents-zali maydoni 13 700 kv. metrga teng.

“Qiyshiq” inshootlar

Arxitektorlarga balandligi uch qavatli bino bilan teng ming kishilik zalni inshoot ichiga sig‘dirish vazifasi qo‘yilganligi bois korpus mana shunday ko‘rinishda bunyod etilgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Fasad tizimi vertikal yog‘och to‘sinlar va diagonal sinchlardan tashkil topgan.

“Qiyshiq” inshootlar

4. Issam Faresning ijtimoiy siyosat va xalqaro aloqalar instituti, Bayrut, Livan. “Zaha Hadid Architects” loyihasi. Arxitektorlar oldiga qo‘yilgan vazifa murakkab edi: institutning yangi zamonaviy binosini XIX asr inshootiga “sig‘dirish” kerak edi. Oqibatda umumiy maydoni 3000 kvadrat metrni tashkil etuvchi uch qismdan iborat tuzilma paydo bo‘ldi.

“Qiyshiq” inshootlar

Uch qismli tuzilma vertikal bo‘ylab rivojlanib boradi va har bir qismning o‘z kirish yo‘li mavjud.

“Qiyshiq” inshootlar

Bino monolit temir-betondan tiklangan. Binoning barcha detallari mohirona ishlangan.

“Qiyshiq” inshootlar

5. Monreal minorasi. Monreal, Kanada. Minora Monrealdagi Olimpiya stadionining bir qismi hisoblanadi. Uning balandligi 175 metr bo‘lib, dunyodagi eng baland og‘ma minoradir. Uning yuqori qismida tomosha maydonchalari joylashgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Tashrif buyuruvchilar 76 kishi sig‘adigan shaffof funikulerda yuqoriga ko‘tarilishlari mumkin. Unda maxsus gidravlik tizim bo‘lib, u yuqoriga bo‘ladigan ikki daqiqalik sayohat davomida kayutani gorizontal holatda tutib turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Minoraning og‘ish burchagi — 45 daraja. Darvoqe, Piza minorasining og‘ish burchagi atigi 5 darajaga teng. Minora yuqori qismining og‘irligi — 8000 tonna, beton poydevorning og‘irligi esa 145 000 tonna.

“Qiyshiq” inshootlar

6. “Capital Gate” osmono‘pari. Abu-Dabi, BAA. Balandligi 160 metrli bu og‘ma bino 2011 yil oxirida foydalanishga topshirilgan. Uning og‘ish burchagi 18 darajani tashkil etadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Binoning poydevori 30 metr chuqurlikka qoqilgan 490 ta ustun bilan mustahkamlangan. Binoning asosini esa 8,5 mingta plastinadan iborat po‘lat “skelet” tashkil etadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Po‘lat armaturalardan to‘qilgan panjaralar har birining og‘irligi 5 tonna keladigan 18 ta shisha ko‘zgudan iborat ishlov berilgan olmos ko‘rinishidagi 728 ta ulkan shisha panellar bilan qoplangan. Minorada jami 12,5 mingta shisha ko‘zgu bor.

“Qiyshiq” inshootlar

7. “Excalibur” qoyadromi. Groningen, Gollandiya. Ekskalibur — alpinistlar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng baland devor. Gollandiyada tog‘lar yo‘qligi bois mazkur shahar hokimiyati tog‘larda dam olishni xush ko‘ruvchilar uchun sharoit yaratishgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Uning balandligi 37 metr. Faqat tajribali alpinistlargina uni zabt eta olishadi. Istagan odam o‘zini alpinist sifatida sinab ko‘rishi mumkin.

“Qiyshiq” inshootlar

8. “CCTV” shtab-kvartirasi. Pekin, Xitoy. Bino 2009 yilda qurilgan, hozir bu erda Xitoy markaziy televideniesining ofisi joylashgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Balandligi 234 metr, 54 qavatli. Uning ko‘rinishi ham ajoyib. Qiyalagan minoralar bir-biri bilan yuqori qismlari orqali tutashgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Har ikki minoraning og‘ish burchagi 6 daraja bo‘lib, ular bir-birini suyab turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

9. “Torre de telecomunicaciones de Montjuïc” (Monjuik telekommunikatsiya minorasi). Barselona. Ispaniya. Minoraning umumiy balandligi 136 metr. U 17 daraja burchak ostida og‘ib turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Minora asosi kosani eslatuvchi konstruktsiyadan iborat. Kosa markazida teleantenna bo‘lib, u quyosh soati vazifasini ham bajaradi.

“Qiyshiq” inshootlar

10. Amerikadagi “Piza minorasi”. Nayls, AQSh. Bu “Piza minorasi” qurilganiga 70 yildan oshdi.

“Qiyshiq” inshootlar

U suv tortish minorasi bo‘lib, Piza minorasining ikki baravar kichaytirilgan nushasidir. Og‘ish burchagi — 5,3 daraja.

“Qiyshiq” inshootlar

11. “Bella Sky Hotel”. Kopengagen, Daniya. “Bella Sky”ni dunyodagi eng og‘ib turuvchi mehmonxona deb atash mumkin. U balandligi 76,5 metrli ikki minoradan iborat bo‘lib, ularning og‘ish burchagi 15 darajani tashkil etadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Mehmonxonada 814 ta nomer bo‘lib, ularning har birining derazasidan Amager parki va Orestad rayoni hamda Kopengagenning tarixiy obidalari ko‘rinib turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

12. Denver badiiy muzeyi, Denver, Kolorado, AQSh. Bino xuddi qulab tushayotganday taassurot uyg‘otadi. Muzeyning vertikal devorlari yo‘q.

“Qiyshiq” inshootlar

Konstruktorlar binoni loyihalashtirish uchun maxsus 3D modeldan foydalanishgan. Inshootning barcha qismlari zavodda tayyorlangan bo‘lib, qurilish maydonida yig‘ilgan.

“Qiyshiq” inshootlar

Poydevori 116 ta ustunga o‘rnatilgan. Sinchi po‘lat qovurg‘alardan iborat (og‘irligi 2740 tonna, 3100 ta po‘lat to‘sin + 16 500 ta boshqa po‘lat qismlar, 50 000 ta bolt, 2850 ta payvand choki). To‘siq sifatida titan va granit plitalardan foydalanilgan.

“Qiyshiq” inshootlar

13. “Laxta tsentr”, Sankt-Peterburg, Rossiya. Sankt-Peterburgda qurilayotgan “Laxta tsentr” majmuasi o‘ziga xos konstruktsiyasi bilan ajralib turadi.

“Qiyshiq” inshootlar

Binoning balandligi o‘zgaruvchan —22 dan 84 metrgacha.

“Qiyshiq” inshootlar


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar