Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.09.2016

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 215
Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Dunyoda tinimsiz halokatlar, urush, notinchliklar bo‘layotgan bir vaqtda, yaxshilik qilish uchun doimo sabab topiladi. Yaxshi, mehribon insonlar bor ekan, bu olamda yana yashaging kelaveradi.

Biz atrofimizda yovuzlikdan ko‘ra mehr-muhabbat ko‘pligiga ishonamiz va bunga bir necha hayotiy misollarni keltiramiz. Bu suratlarni ko‘rib, insonlar kimningdir birgina quvonchi, tabassumi uchun o‘z manfaatidan voz kechishi yoki hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligiga guvoh bo‘lasiz.

Autizmga chalingan bola Olli Jons ismli bola tug‘ilgan kunida o‘ziga ikkita tabriknoma yasaydi. Bu esa onasini ta’sirlantirib yuboradi va u feysbuk foydalanuvchilaridan o‘g‘li uchun tabrik yo‘llashlarini iltimos qiladi. Mehribon insonlar bunga befarq bo‘lishmadi va Olli butun dunyo bo‘ylab qirolichadan ko‘proq 20 000ga yaqin tabriklar qabul qildi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Den ismli erkak har chorshanba va payshanba kunlari otasi davolangan rakka qarshi markaz shifokorlariga qahva sotib oladi

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Keydj Xenkok-Stivens doimo politsiya xodimi bo‘lishni orzu qiladi, biroq uning butunlay ko‘zi ojiz. Politsiya xodimlari unga kutilmagan sovg‘a qilib, patrul xizmatiga ishga olishdi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Bu kichik qizcha o‘zining ajoyib do‘konini ochdi. Ko‘rinishidan bu juda oddiy do‘kon va unda faqat bir narsa mavjud. U o‘zi chizgan kamalaklarni barchaga bepul tarqatadi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Belal ismli bola Bangladeshda suv toshqini bo‘lgan vaqt o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bug‘uni qutqardi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Restoran ishchisi tashqarida keksa kishinining yomg‘ir tagida qolganini ko‘rib, unga soyabon tutib turdi va mashinasigacha kuzatib qo‘ydi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Politsiyachilar onalari shifoxonaga tushib qolgan bolalarga kechki ovqat tayyorlab berishdi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Bu kishi bozorda toshbaqani sotib olib, uni yana dengizga qo‘yib yubordi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

To‘rt yoshli bolakay ariq ichida uchta toshbaqani ko‘rib qoladi va ota-onasi bilan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi. Bolakay qutqaruvchilar toshbaqalarni qutqarmagunga qadar, joyidan jilmaydi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Juliya Zayznevski onasiz qolgan bu go‘dak koalani asrab oldi. Hozir esa bu koala katta bo‘lib, o‘z tutingan onasiga ishlarda yordam beradi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Daun kasalligiga chalingan Shon Mererning ota-onasi maktabda bolalar farzandining ustidan kulishini sezib, birinchi sentyabr arafasida Facebook foydalanuvchilariga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Natija esa kutilmagan bo‘ldi. Bir guruh mototsiklchilar Mererning uyiga kelib, Shonni birinchi o‘qish kuni bilan qutlashdi va unga maxsus shlem sovg‘a qilishdi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Petrozavodskdagi veterinarlik markazi shifokori Mariya Firsova sichqon bolasining shikastlangan qo‘liga gips qo‘ydi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Polshalik sportchi Pyotr Malaxovskiy Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada qo‘lga kiritgan oltin medalini uch yoshli Olekga yordam berish uchun auktsionda sotib yubordi. Olek retinoblastoma ― ko‘z setchatkasi o‘simtasi. Medal polshalik milliarder Dominika i Sebastyan Kulchik tomonidan 126 ming dollarga sotib olindi.

Dunyoni mehr-muhabbat qutqarishiga hayotiy misollar

Kanadalik Vayolet va Allen Larj lotoreyada 11 million dollardan ortiq pul yutib olishdi. Ular bu pullarni muhtoj insonlarga ulashishga qaror qilishdi: pullar shifoxona (jumladan,Vayolet kimyoterapiya o‘tkazgan onkologiya bo‘limi), yong‘in xizmati, Qizil hoch va Qutqaruv armiyasiga o‘tkazildi. Qariyalar pulning bir qismini qandli diabet va Altsgeymer kasalligining tadqiqotiga ham ajratishdi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar