Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 274
iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

29 avgust kuni Apple kompaniyasi jurnalistlarga sentyabrda bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimiga taklifnoma tarqatdi. Mazkur tadbirda yangi avlod iPhone'nining ilk taqdimoti kutilmoqda, shu sababli unga bo‘lgan qiziqish an’anaviy tarzda kuchli.


iPhone 7 va iPhone 7 Plus

Ehtimol: 100 foiz

So‘nggi oylarda, IT jurnalistlarni qiynayotgan asosiy savol — qancha model taqdim etilgan (ikki yoki uch) va ular qanday nom oladi.

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Avgust boshida OAV xabar qilishicha, Apple taqdimotga bir oy qolganida iPhone Pro ishlab chiqarish g‘oyasidan voz kechdi. Aniqrog‘i, egizak kamerali iPhone Pro ishlab chiqariladi, biroq u odatiy Plus model sifatida sotiladi. Avvalllari iPhone Plus 2016 deb hisoblangan smartfon esa umuman taqdim etilmaydi.

Sentyabr oyida foydalanuvchilarni yana o‘sha iPhone 6ss kutmoqda —xuddi avvalgidek dizayn (orqa qopqoqdagi ikki chiziq yo‘qoladi) va katta e’tibor tashqi ko‘rinishga emas, texnik yangiliklarga qaratiladi.

Apple taqdimot uchun taklifnomalarda qurilma chindan-da iPhone 7 nomini olishini qayd etgan.

Kompaniya «6ss» kontseptsiyasi xaridorlarni cho‘chitib qo‘yishidan xavotirga tushganga o‘xshaydi.

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Yangi iPhone xususiyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu erda qoyil qoldiradigan hech nima yo‘q. Qurilmaning ekran piksellari ularning ishlab chiqarish texnologiyasi kabi o‘zgarmaydi. A9 protsessori o‘rniga yanada kuchliroq A10 keladi, asosiy modellardagi operativ xotira hajmi esa o‘zgarmaydi (Plus bu safar bir gigabayt ko‘proq bo‘ladi — 3 GB).

Yangi iPhone'larda akkumulyator hajmi biroz kattalashadi: oddiy modellarda — 1715 mAch o‘rniga 1960 mAch, «plyus»larda — 2750 mAch o‘rniga 2910 mAch.

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

12-megapikselli kamera hozirda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Oddiy iPhone avvalgi avlodlarga nisbatan matritsa ko‘proq fizik hajmga ortadi (1,3 dyuym o‘rniga 1/2,6 dyuym). Diafragma ham F/2.2 o‘rniga F/1.9 bo‘ladi.

Plus modellarda esa 2016 yilda 1/3 dyuym hajm va F/1.9 diafragma bilan birvarakayiga ikkita 12-megapikselli modulni uchratish mumkin.

Ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lgan kamchilik — Apple'ning 3,5 millimetrli quloqchinlar uchun ulagichidan voz kechganidir. Uning o‘rniga Lightning-konnektor yoki simsiz vositalarni ishlatish mumkin. Bu haqiqatga hech kim shubha qilgani yo‘q, biroq qanday qo‘shimcha vositalar qurilma bilan to‘plamga kirishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

OAV qayd etishicha, iPhone 7'da «Uy» tugmasi o‘rnida bosish kuchini aniqlovchi va barmoqlar izini sezuvchi sensorli panel paydo bo‘ladi. Joriy yilda doim buzilib qoluvchi mexanik tugmalardan xalos bo‘lish ehtimoli mavjud.

iPhone 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Kutilishicha, Apple yangi ranglar — ko‘k va uzoq kutilgan Space Black bilan ham ko‘pchilikni jalb eta oladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar