Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.08.2016

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 156
Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Qabriston ustidagi tushlik yoki zilziladagi bazm haqida

Haqiqiy xo‘randa bo‘lsangiz ham shakl va ko‘rinishi, tartib-qoidalari bo‘yicha o‘zgacha bo‘lgan restoranlar haqida bilmasligingiz ehtimoldan holi emas. Mijozlarni jalb etish borasidagi kutilmagan marketing yo‘llari beixtiyor yoqangizni ushlashga majbur etadi. G‘ayrioddiy restoranlarning ba’zilari taajjublanarli, ba’zilari yoqimsizdir. Shunday bo‘lsada har bir mahsulot o‘z mijozini topgani kabi bu restoranlar ham o‘z xo‘randalariga ega.

Indamaslar uchun restoran (Qaerda?)

Ko‘pchilik ovqatlanayotgan paytida atrofdagilarni eshitmaslikni va hech kimga gapirmaslikni ma’qul ko‘rishadi. Lekin doim ham bunday sharoitda ovqatlanish imkoni mavjud emas. “Oling” nomli restoran egalari mana shu istakni haqiqatga aylantirishdi. Restoranda gapirish mumkin emas. Bu erda sokinlik va jimlik hukm suradi.

Bir kishilik joylar, Niderlandiya

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Amsterdamdagi bu restoranda hech kim ovqatlanish vaqtingizda e’tiboringizni tortib, oshingizga xira pashsha bo‘lolmaydi. Mazkur o‘rinda har bir kishi uchun alohida stollar o‘rnatilgan.

Zilziladagi bazm, Ispaniya

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Agar Ispaniyaga borsangiz, mana shu restoranni topishga harakat qilib ko‘ring. Bu erda muvozanatni ushlab turish qiyin. “Disaster Café”da 7,8 balli zilzilada ovqatlanganingiz uchun pul to‘lab chiqasiz. G‘ayrioddiy restoranda idish-tovoqlar sinishi — odatiy hol.

Qoyalar orasidagi kechki ovqat, Xitoy

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Xitoyning Xubey muzofoti, Sinin darasi, Baxt vodiysidagi “Fangweng” restorani — sho‘r ovqatlar bilan birga, o‘tkir tuyg‘ularni yaxshi ko‘ruvchilar uchun ham yaxshi joydir. Rassom bo‘lsangiz, baland qoyalar orasida osilib turgan restoranda chiroyli manzaralar chizishingiz mumkin.

Robotlar restorani, Singapur

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Bu aqlli ofitsiantlar hech qachon sizning buyurtmangizni qo‘shni stolga olib bormaydi. Ularning xotirasi juda yaxshi. Bangkokdagi “Hajime” restoranida samuraylar kiyimidagi robotlar buyurtma qabul qilishadi. Ular xatto xo‘randalarga o‘ynab ham berishlari mumkin.

Muzdan yasalgan restoran, Finlandiya

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Shimoliy qutbda joylashgan bu muz restoranga borish uchun sovuqqa chidamli bo‘lishingiz kerak. Chunki bu erda xo‘randalarga faqat sovuq ovqat va issiq ichimlik taklif qilinadi. Muz bag‘rida bug‘u go‘shtining nozik ta’midan tatib ko‘rish mumkin.

Maymun xizmati taklif etiladigan restoran, Yaponiya

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Xo‘randalar bu maymunlarni yoqimli ofitsiantlar, deb atashadi. Ular juda aqlli. “Kayabukiya Tavern” restorani egasi maymunlarni mijozlarga xizmat qilishga o‘rgatgan.

Restoran-kasalxona, Tayvan

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Noodatiy restoran-kasalxonada to‘g‘ri ovqatlanish, salomatlikni tiklash mumkin. Stollar bilan birga hamma erga shifoxona-krovatlari joylashtirilgan. Noodatiy muhitda qaynoq ichimliklar hamshira kiyimidagi ofitsiantlar tomonidan shpritsda ichiriladi.

Haqoratli restoran, AQSh

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

J. Selindjerning mashhur qahramoni Xolden Kolfildning bir gapi bor: hayotda uyat so‘zlar mavjud bo‘lmagan xilvat va tinch joyni hech qachon topib bo‘lmaydi. Mana shu restoran haqida gap ketganda, uning haqligiga yana bir bor iqror bo‘lasiz. “Dick´s Last”da so‘kinuvchi eng tarbiyasiz ofitsiantlar ishlashadi. Binoga kirishda har bir xo‘randaga so‘kish so‘zlari, uyatli gaplar yozilgan qalpoq kiydiriladi. Ishonasizmi, yo‘qmi, biroq bu restoranning mijozlari juda ko‘p.

Zulmatdagi tushlik, Angliya

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Barchamizga ma’lumki, qorong‘ulikda tuyg‘ularimiz o‘tkirlashadi. Aynan shuning uchun ham Londondagi “Dans Le Noir” restorani doimo qorong‘i. Shu sabab bu erda taomning mazasi va ta’mini ham yaxshi eslab qolasiz.

Eng zararli ovqatlar restorani, AQSh

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Restoranga kirishingiz bilan ular ovqatning sog‘lig‘ingizga jiddiy xavf solishi haqida ma’lumot berishadi. Shunga qaramay buyurtma bersangiz katta kaloriyali va sabzavotlar solinmagan zararli taom keltirishadi. Menyuda ovqatlarning nomlanishi ham ajoyib. “Fri, undan o‘lish mumkin”, “Murdalar burgeri”, “Infarkka olib boruvchi xot-dog” va boshqalar. Restoran parhezdagilar uchun emas.

O‘liklar orasidagi ziyofat, Hindiston

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Bu erda ishtahangiz yoqimli bo‘lishi qiyin. Shunday bo‘lsa-da, eski qabrlar orasidagi tushlik tanovul etuvchi xo‘randalar ham bor.

Restoran-panorama (Samodagi tushlik)

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Belgiyadagi “Dinner in the Sky” dam olish uchun juda qulay joy hisoblanadi. Maxsus kran stolingizni shahar ustida aylantirib, sizga yoqimli hislar ulashishga xizmat qiladi.

Restoran-hojatxona, Xitoy

Dunyoning eng noodatiy restoranlari

Shansi muzofotidagi Tayyuan shahrida mana shunday ahmoqona restoran bor. Bu erda stollar unitaz shaklida ishlangan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar