Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Xurmoni yaxshi ko‘rishga 10 sabab

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 216
Xurmoni yaxshi ko‘rishga 10 sabab

1. Xurmo tarkibidagi beta-karotin mevaga olov rang bag‘ishlabgina qolmay, ko‘zga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘zlarning qarish jarayonini sekinlashtiradi.

2. Taomnomangizda xurmo bo‘lsa, bronxit va zotiljamdan qo‘rqmasangiz bo‘ladi. Xurmo iste’mol qilish chekadigan odamlarga ham foydali.

3. Qon bosimi baland yuradigan, tomirlari kasal odamlarga xurmo eyish tavsiya etiladi. Chunki yurak mushagining sog‘lom bo‘lishi uchun organizmga kaliy va o‘simlik tarkibidagi qand moddasi etarlicha tushishi kerak. Xurmo iste’moli shunday imkon beradi.

4. Xurmo oshqozondagi og‘riqlardan xalos qiladi. Shuningdek, me’yorida ich kelishini tartibga soladi.

Xurmoni yaxshi ko‘rishga 10 sabab

5. Etilib pishgan xurmoning eti kuygan va kesilgan joylarni tuzatishga yordam beradi. Antiseptik xususiyatga ega bo‘lgani uchun yaralarni yiring hosil qilmasdan bitishiga imkon yaratadi.

6. Siydik haydash xususiyatiga ega bo‘lgani uchun xurmoni qovuq tizimi kasalliklarida tavsiya qilishadi. Xurmo tarkibidagi magniy buyrakdagi tuzlarning chiqib ketishiga yordam berib, buyrakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

7. Xurmo mevasi bilan birga xurmo daraxti barglaridan damlangan choyni iste’mol qilgan odam kamqonlikni umuman unutadi.

Xurmoni yaxshi ko‘rishga 10 sabab

8. A va S vitaminiga boy bu mevani iste’mol qilgan kishi gripp va shamollashdan yiroq bo‘ladi. Agar tomog‘ingiz og‘rib, shamollagan bo‘lsangiz ham, xurmo bilan davolanishga urinib ko‘ring. Bitta xurmo sharbatini bir stakan iliq suv bilan aralashtirib, kun davomida aralashma bilan tomog‘ingizni chaying.

9. Xurmo tarkibidagi magniy, glyukoza va fruktoza har qanday ziqlikdan qutulishga, kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi. Har kuni bittadan etilgan xurmo iste’mol qilish uyqusizlik va asabiylikdan xalos qiladi.

Xurmoni yaxshi ko‘rishga 10 sabab

10. Xurmo husnbuzarlardan qutulishga yordam beradi. Buning uchun yuzga mo‘ljallangan niqob tayyorlang. Xurmo etini bitta tuxum sarig‘i bilan aralashtirib, yaxshilab aralashtiring. 20 daqiqaga yuzingizga suring. Niqobni yuvib tashlang.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar