Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.08.2016

Nima uchun erkaklar ayollarning ko‘z yoshlariga toqat qilolmaydi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160
Nima uchun erkaklar ayollarning ko‘z yoshlariga toqat qilolmaydi?

Erkaklar dalilga dalil bilan javob berib muammoni hal etishadi, deydi “Darakchi” nashri.

Ayollarning ko‘z yosh to‘kishi esa ularni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadi. Erkaklar yig‘lashni, ko‘z yosh to‘kishni bilishmaydi, chunki ularga bolalikdan o‘g‘il bola yig‘lamaydi degan fikr singdiriladi. Ayol yig‘laganda uning yon berishdan boshqa iloji qolmaydi va ayol uni ko‘z yoshlari orqali o‘ziga bo‘ysundirmoqchi bo‘layotgandek tuyuladi. O‘g‘il bolalarga kichkinaligidanoq qizlarni xafa qilmaslik uqtirib kelingani uchun u yana past kelishga majbur bo‘ladi.

Agar nizoli vaziyatni o‘yin deb qabul qiladigan bo‘lsak, uning g‘alabalari-yu, mag‘lubiyatlari mavjuddir. Ayol yig‘laydigan bo‘lsa, bu avtomatik ravishda erkakning yutqazganidan darak beradi, uning har qanday harakati mag‘lubiyatga olib keladi. Xafa qilsa ham, yon bossa ham baribir u mag‘lub bo‘ladi. Erkak haqiqatan ham noqulay vaziyatga tushib qoladi.

Bunday noqulay vaziyatdan chiqish uchun erkaklar ko‘z yoshga vaziyatdan chiqish yo‘li deb emas, balki shunchaki bir to‘xtamga kelish yo‘li deb qarashi lozim. U ayolni yupatish uchun uning yoniga o‘tirib, yig‘lab, butun g‘uborlarini chiqarib yuborishini kutishi to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday holatlarda ayollar turmush o‘rtoqlarining uni quchoqlab, tinchlantirishini xohlaydi. Shuning uchun erkak rafiqasini quchoqlab, yupatib, keyin his-tuyg‘ulari haqida gapirishi, nohaq bo‘lsa uzr so‘ragani ma’qul.

Aslida bunday vaziyatlarda erkak va ayolning umumiy jihatlari ko‘p bo‘ladi. Ayollar ko‘z yosh to‘kayotganda yig‘i bilan erkakni o‘ziga bo‘ysundirish fikridan yiroq bo‘ladi. Ayol muammoning yechimini topolmagandan keyin yig‘iga zo‘r beradi. Shu tariqa yengil tortadi. Ba’zi bir erkaklar yig‘layotgan ayol oldida o‘zini qahramon deb his qiladi, uni turli balo-qazolardan asrashga, himoya qilishga kirishadi. Ba’zilarining esa jahli chiqib, o‘zini ojiz, qo‘lidan hech nima kelmaydigan odam deb hisoblaydi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar