Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 732
Olimlar: “Chiroyli qizlar erkaklar umrini qisqartiradi"

Chiroyli ayollar bilan munosabat erkaklarda stress holatini keltirib chiqaradi, bu esa o‘z o‘rnida gepatit, diabet va hatto impotensiya kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin ekan. "Valensiya davlat universitetining olimlari shunday xulosaga keldi", deb xabar qiladi “Darakchi” nashri.

Tadqiqot doirasida ular 84 talaba ustidan tajribalar o‘tkazibdi. Ishtirokchilarning har biri ikkita notanish, begona shaxs — erkak va ayol bor xonada sudoku o‘yini vazifalarini yechishi kerak edi.

Tajribada ishtirok etuvchining qonidagi kortizol miqdorini kuzatgan olimlar qiziq holatlarni kashf etibdi. Xonada chiroyli (nomahram) ayol bo‘lganida stress gormonining darajasi yuqori bo‘lgan, biroq ayol xonani tark etganida gormon normal holatga tushgan. Agar notanish qiz xonaga qaytsa talaba qonida kortizol miqdori yana oshib ketgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, chiroyli ayol bilan besh daqiqa yolg‘iz qolish erkak qonida ko‘p miqdorda kortizolning hosil bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan, bu esa stress holatidan darak beradi.

Kortizolning ko‘payib ketishi hujayra metabolizmini ishdan chiqaradi, buning oqibatida diabet va gipertoniya kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘lar ekan. Oz-oz miqdorda mazkur gormon organizmga ijobiy ta’sir qilishi mumkin: glyukozaning qonga yetib borishiga yordam beradi, ba’zi joylarda qon tomirining torayishi, ishtahani ochish, shamollash va allergiyaga qarshi hususiyatlari ham bor.

Bunday natijalarni ko‘rgan olimlar, chiroyli qizlar bilan doimiy munosabatda bo‘lish erkaklarning salomatligi uchun zararli ekanini e’tirof etdilar.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar