Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.08.2016

Selfi ayollarning o‘ziga nisbatan ishonchini oshirishi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 126
Selfi ayollarning o‘ziga nisbatan ishonchini oshirishi aniqlandi

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida selfiga bosilgan layklar ayolning o‘ziga nisbatan ishonchini oshirishi aniqlandi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Go‘zallik va uning dunyo miqyosidagi o‘rnini belgilash uchun o‘tkazilgan tadqiqotda 11.000 nafar ayol, shulardan 1000 nafar rossiyalik ayollar qatnashgan. Bundan tashqari, so‘rovnomada Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va AQShlik ayollar ham ishtirok etgan.

Ishtirokchilar ayol go‘zalligi uning amal pillapoyalaridan yuqorilishida katta yordam berishini ta’kidlashgan. So‘rovnoma qatnashchilarining 9 % o‘z go‘zalligiga ishongan bo‘lsa, ularning 80 % go‘zallikning muayyan o‘lchovi yo‘qligini ta’kidlagan.

Bugungi kunga kelib go‘zallikni qabul qilish ijtimoiy medialarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langan. So‘rovnomada qatnashgan rossiyalik ayollarning 52 % selfiga tushishni yoqtirishni, ularning 65 % selfiga bosilgan layklardan so‘ng o‘ziga nisbatan ishonchi ortishini bildirgan.

Ishtirokchilarning 18 % selfi natijasidan ko‘ngli to‘lmasa, fotosuratlarni olib tashlashini, 24 % tashqi go‘zalligi haqida boshqalarning fikrini bilishni istashini ma’lum qilgan.

Kim uchun va nima uchun go‘zal bo‘lishga intilishlari haqida berilgan savolga ayollarning 43 % o‘zlari uchun, 27 % juftiga go‘zal ko‘rinish uchun, 65 % esa hamkasblarining oldida chiroyli ko‘rinish uchun harakat qilishini ma’lum qilgan.

Xalqaro go‘zallik tadqiqotida dunyoning 11 mamlakatidan, shu jumladan rossiyalik ayollar ham qatnashgan.

“Go‘zallik indeksi” so‘rovnomasi natijasida 75 % rossiyalik ayol o‘zini go‘zal deb hisoblashi aniqlandi. Ular Hindiston (94%) va Turkiyadan (89%) keyin uchinchi o‘rinni egallashdi. Buyuk Britaniya (26%) va Fransiya (40%) ayollarining go‘zallik borasida o‘zlariga nisbatan ishonchlari past ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar