Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.08.2016

100 mln dollarlik xazinasi borligini 10 yil o‘tib bilgan baliqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
100 mln dollarlik xazinasi borligini 10 yil o‘tib bilgan baliqchi

Palavan orolining qirg‘og‘idagi bo‘ron vaqtida filippinlik baliqchi qayiq langari bilan juda g‘aroyib narsaga ilinib qoldi. U suv tubiga sho‘ng‘ib, bahaybat chig‘anoqni topib oldi. Ulkan midiya ichida 34 kilogramm og‘irlikdagi devsimon marvarid mavjud ekan!

Chig‘anoqning yangi egasi bu gavhar yomonliklardan asrovchi ajoyib tumorga aylanishini tushundi va uni eskirgan uyidagi karavot tagida 10 yil davomida berkitib keldi. U mazkur bahaybat marvarid katta boylik olib kelishi mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmadi.

100 mln dollarlik xazinasi borligini 10 yil o‘tib bilgan baliqchi

Barchasini 2016 yilda deyarli barcha filippinliklarning uylarini vayron qilgan yong‘in o‘zgartirib yubordi. Tumor uyni alangadan saqlab qolmadi va ko‘chishdan avval baliqchi marvaridni Puerto-Prinsesa shahrining sayyohlik boshqaruv menejeri Eylin Amuraoga saqlash uchun topshirishga qaror qildi. Biroq baliqchi bu xazinaning boshlang‘ich bahosi qancha turishini eshitgach, hayratdan qotib qoladi ― uning dastlabki narxi 100 million dollar.

Taqqoslash uchun: avvallari Alloh nomli marvarid eng katta deb hisoblangan va hajmi bo‘yicha mazkur gavhardan olti barobar kichik. Yangi rekordchi marvaridning uzunligi ― 67 sm, kengligi ― 30 sm.

100 mln dollarlik xazinasi borligini 10 yil o‘tib bilgan baliqchi

Marvarid shahar hukumatiga o‘tkazildi va jamoatchilikka namoyish etildi. Endilikda Filippin Puerto-Prinsesa shaharchasi sayyohlarni nafaqat ajoyib plyajlar bilan maftun etadi.

Shahar hukumati bu ajabtovur marvaridni to‘liq sertifikatlashtirish uchun gemmologlarning rasmiy xulosasini kutmoqda. Uning bahosi professional tekshiruvlardan keyin yanada balandroq bo‘lishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar