Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.08.2016

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Birorta mahsulotning taqdimoti yoki kompaniya mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazilsa, albatta dasturxon yoziladi, noz-ne’matlar tortiq qilinadi. Tekin buterbrod, sharbatlar yoki kantselyariya buyumlari taqdim etilsa, odamlarning holini ko‘ring... To‘g‘risini aytganda, bunday holatni kuzatish juda yoqimsiz va achinarli.

Bundaylarga qarab o‘ylanib qolasan kishi: shu qadar och qolganmikan? Ba’zilar 3-4ta bir xil mahsulotni (kichik mahsulot) sumkalariga solishgacha borib etishadi.

Moskva xalqaro avtosaloni. Jurnalistlar kuni. Har yarim soatda turli stendlarda taqdimotlar bo‘lmoqda. Olomon bir stenddan boshqasiga qarab harakatlanmoqda, taqdimotni kuzatmoqda va u tugashi bilan darhol taqdimot buyumlari solingan paketlarga yopishmoqda, xuddi boshqalardan o‘zib ketishi kerakdek biryo‘la 2-3tasini olishmoqda, keyin esa qo‘llarida paket bilan dasturxonga qarab chopishmoqda - buterbrodlar, ichimliklar... Eb-ichib qolish kerak, axir!

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Kunduzgi soat 12. Bu bir kun ichidagi oltinchi taqdimot - oltinchi marta eguliklar tarqatilishi bo‘lsa-da, hamma och.

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Dasturxondan tortib ketishmasidan paketni olib, narsalarni solib, eb-ichib, dasturga qarab, keyingi stendga o‘tish kerak, u erda ham xuddi shu holat takrorlanadi...

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Odamlarning kiyimlariga e’tibor bering va egulik uchun navbatda turganlarni taqqoslang - o‘sha-o‘sha kishilar.

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

10 daqiqadan so‘ng ahvol mana bunday - ichidan hamma narsa olingan bo‘sh paketlar, tashlab ketilgan risolalar, matbuot relizlari... Paketni bular uchun olishmagan-da! Bu qog‘ozlarning keragi yo‘q.

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Asosiysi - eguliklar va sovg‘a-salomlarni qo‘ldan boy bermaslik. Mana ko‘rgazma va tadqiqotlarning salbiy tomonlari.

Tekin mahsulot insonlarni ne ko‘yga soladi?

Bunday holatlar o‘zimizda ham bisyor. Biror yangi do‘kon ochilishi yoki mahsulotlar taqdimotida tekin desa, chopadiganlar talaygina. Nega shunday? Qorin ochligidanmi yo ko‘z ochligimi bu? Xulosa chiqarish o‘zingizdan, shunchaki buning tashqaridan naqadar ayanchli manzara hosil qilishiga o‘zingiz ishonch hosil qiling.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar