Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.08.2016

G‘aroyibot: Ijara uydagi tovush

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 188
G‘aroyibot: Ijara uydagi tovush

“Uydagilarimizdan arzon ijara uy topganimiz haqida suyunchi ham oldik”

Bu voqeani yozib yuborgan muxlisimiz o‘zining hali talaba ekanligini, hayratomuz hodisani esa yaqindagina boshidan kechirganini bildirgan. Mansur Hayitmetov ismli mushtariyning nomasini e’tiboringizga havola qilamiz...

Aslida talaba bo‘lishni orzu qilib yurgan chog‘larimda talabalar yotoqxonasida kursdoshlarim bilan yashashni, oltin davrni unutilmas tarzda o‘tkazishni reja qilardim. Ammo har doim ham sizning aytganingiz bo‘lavermas ekan. Men o‘qishga kirgan yilim, amakimning o‘g‘li ham talaba bo‘ldi. Aynan shu amakimning shaharda uyi borligi sabab, meni uylariga chaqirdi. Avvalo, o‘qishga kirganim bilan tabrikladi va o‘z rejalarini aytib o‘tdi:

— Mansur, yana yotoqxonadan joy olaman deb yurma. Mana, amakivachchang bilan birga bizning uyda yashayverasizlar. O‘qishlaringga ham yaqin. Yana qo‘shniga tayinlab qo‘yaman, sizlarga ko‘z-quloq bo‘lib turadi. Menam xotirjam bo‘laman, sizlar ham sayyoh yurmaysizlar.

— Xuddi ko‘nglimdagi gap bo‘ldi-da, — dedi otam ham bu gapdan quvonib.

Shu bilan amakimning o‘g‘li ikkimiz shahardagi uyda yashaydigan bo‘ldik. Yarim yilcha biz ham, uydagilar ham xotirjam yashadik. Ammo yarim yildan so‘ng amakimning ishlari yurishmay, uyni sotadigan bo‘lib qoldi. Tabiiyki, biz endi ijara uy topishimiz zarur edi. Chunki talabalar yotoqxonasidagi barcha xonalar ham yil boshida band bo‘lib bo‘lgan.

— Mening ikkita kursdosh o‘rtog‘im bitta ijara uyda turadi. Shularning yonidan joy olsak-chi? — deb qoldi amakivachcham.

— Puli qanaqa bo‘ladi, unda?

— To‘rtalamizning o‘rtamizda bo‘linadi.

— Yaxshi. Arzon ham tusharkan, — dedim kayfiyatim ko‘tarilib.

Ammo bu rejamiz amalga oshmadi. Chunki ijara egasi “Agar to‘rt kishi tursalaring ijara haqi oshadi”, debdi. Bundan hafsalamiz pir bo‘ldi. Alohida ijara uy qidirishga tushdik. Talaba uchun narx birinchi o‘rinda turadi. Biz ham arzon uy qidirarik. Oxiri topdik ham. Hovli ekan.

— Uy toza, keng, hamma narsasi bor. Faqat ozoda saqlasalaring bo‘ldi, — dedi millati boshqa bo‘lgan, keksa kampir o‘zbek tilida zo‘rg‘a so‘zlab. — Qizlarni olib kelishni xayollaringga ham keltirmalaring. Men mana bu ro‘paradagi “dom”da turaman.

— Xo‘p, xo‘p, — dedik ikki qo‘limiz ko‘ksimizda bo‘lib.

Ich-ichimizdan ikkimiz ham xursandmiz. Arzonga butun jihozlari bo‘lgan ijara uyga ega bo‘ldik axir.

— Kampir narx-navoni bilmaydi, shekilli, — deb qo‘yadi amakivachcham ham og‘zi qulog‘idan beri kelmay.

Terimizga sig‘may kechgacha narsalarimizni joyladik. Uydagilarimizdan arzon ijara uy topganimiz haqida suyunchi ham oldik. Kechki ovqatni yeb bo‘lganimizda ham dimog‘imiz chog‘ edi. Endi uxlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotganimizda kutilmaganda filmlardagi kabi minaning chiyillashiga o‘xshash ovoz eshitildi. Faqat tovush past edi.

— Tashqarida nimadir bo‘lyapti-yov, — dedi amakivachcham.

— Uy ichidamasmi?

Bu savolimdan u ham ikkilanib qoldi. Biroz vaqt o‘tganidan keyin esa bemor odamning inqillashini eslatuvchi ovoz yana bizni sergaklantirdi. Xullas, o‘sha tun bu voqea ikki-uch marta takrorlandi. Men o‘zimdan o‘tganini o‘zim bildim. Lekin sezdimki, amakivachcham ham qo‘rquv ichida qoldi.

Amallab tongni orttirib, darsga jo‘nadik. Nazarimda tungi voqea ikkalamizning ham yodimizdan ko‘tarildi. Faqat kechki payt yana takrorlanganda sergaklandik. Zo‘rg‘a bir haftani o‘tkazdik va oxiri ijarachi kampirdan so‘rashga majbur bo‘ldik.

— Shuning uchun ham arzonda bu uy. Agar chidasalaring yashayveringlar. Beziyon ovoz u. Qayerdan kelishini bilmayman, — dedi momo bizning ketib qolishimizdan xavotirlanib.

Ammo nima qilaylik? Biz bu uyni tark etdik. “Arzonning oshi tatimas”, deb shunga aytishsa kerak-da!

Manba: Darakchi.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar