Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.08.2016

Shaffof samolyotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
Shaffof samolyotlar

Britaniyadagi “CPI” kompaniyasi yo‘lovchi samolyotlaridagi illyuminator (samolyotda mahkam yopiladigan qalin oynali tuynuk, darcha)larni olib tashlashni va uning o‘rniga panarommali LED-displeylarini o‘rnatishni taklif etmoqda.

Yorug‘lik diodlariga bog‘langan ingichka matritsalar sababli samolyot devorlari, shifti va o‘rindiq ortida atrofdagi borliq aks etadi. Va atrofda mavjud holatni butunligicha ko‘rish va his etish imkonini beradi. Panorama oynasi bir vaqtning o‘zida axboriy panel vazifasini ham o‘taydi. Boshqacha aytganda, u qo‘shimcha reallik tizimi va yorug‘lik manbasi bo‘ladi. Kontseptsiya judayam futuristik, ya’ni kelajakka oid bo‘lib ko‘rinsada, g‘oya mualliflari ta’kidlashicha, aviakompaniyalarning qiziqishi va talabiga ko‘ra yaqin 10 yillar ichida ham mana shunday “Shaffof samolyotlar” ishlab chiqilishi mumkin.

Protiplashtirish markazi mutaxassislari fikriga ko‘ra, egiluvchan ekranlarni foydalanish evaziga illyuminatorlarni bekor qilish samolyot korpusining ingichka va mahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa, samolyot saloniga keng o‘rindiqlar o‘rnatish yoki o‘tish yo‘llarini kengaytirish, shuningdek, samolyot og‘irligining kamayishi hisobiga yoqilg‘i sarfini kamaytirishga ham olib keladi.

Oddiy illyuminatorlar doim samolyotning nozik o‘rni va muammmolar markazi bo‘lib kelgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan u ko‘pqavatli pishiq oynadan qilingan. Bunday konstruktsiya tovush tezligidagi parvozlarda qizdirish tizimidan foydalanishni talab etadi. Aks holda oyna muzlab qoladi. Umuman olganda, illyuminatorlarning mavjudligi samolyotdagi yoqilg‘i sarfini oshiradi.

Shaffof samolyotlar

Unday bo‘lsa illyuminatorlarni olib tashlab uni sun’iy yoritib qo‘yish mumkin ediku, deysizmi? Biroq darchalarsiz samolyotda uchish psixologik muammolar ham kelib chiqaradi. Yo‘lovchilar konserva bankada uchishga rozi bo‘lmasligi tayin. Illyuminator oldida o‘tirish bolalardan tashqari barcha uchun eng maqbul o‘rin hisoblanadi.

“CPI”ning yo‘lovchi samolyotlariga bo‘lgan yangi munosabatini “Technicon Design” Britaniya kompaniyasi o‘z g‘oyalari bilan davom ettirmoqda. Bu model biznes-elitaga mo‘ljallangan. Undagi asosiy urg‘u katta ekranlar yordamida videoanjuman o‘tkazishga qaratilgan. Panoramali ko‘rinish esa intererni bezovchi belgi bo‘lib qolsada, odatiy avialayner reyslarida bu vosita asosiy ko‘ngilovlovchi va yo‘lovchilarning psixologik bosimini kamaytiruvchi vosita bo‘ladi.

Boston “Spike Aerospace” ham joriy yil fevralda samolyotda illyuminatorlar bilan birga displeylardan foydalanilgan edi. Aslida g‘oyalar, fikrlar o‘xshash bo‘lib kontseptsiya faqat unda detallari bilan farq qiladi.

Uchta kompaniya ham bortda to‘g‘ridan to‘g‘ri kamera emas, kompyuter qayta ishlangan tasvirni uzatishni reja qilgan. “CPI” variantida ko‘psonli mikrokameralar bir-birini to‘ldiruvchi suratni berishni reja etgan. Qayta ishlashda geometrik holatlar hisobga olinadi. Shaffof korpus imkoni boricha real ko‘rinishni har bir yo‘lovchiga uzatishga harakat qiladi.

Shaffof samolyotlar

Shaffof samolyotlarni yaratish keyingi 10 yillikning eng optimistik prognozlaridan biri. Illyuminatorni displeyga almashtirish yaqin kelajakda amalga oshsa, ajab emas.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar