Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.08.2016

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 236
Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Er yuzida har bir kimsa, albatta, nimadandir qo‘rqadi. Kimdir suvdan, kimdir qorong‘ulikdan, yana boshqa birov esa balandlikdan. Insondagi ana shu qo‘rquv tuyg‘usini o‘rgangan olimlar, eng ko‘p tarqalgan qo‘rquv turlarini aniqladilar.

10. Qarishdan qo‘rqish.

Bu qo‘rquv turi ko‘proq yoshlarda, ana undan keyin o‘rta yoshli ayollarda va o‘z kuchiga ishonmaydigan yoki to‘g‘riroq qilib aytadigan bo‘lsak, kelajagini to‘g‘ri ko‘ra olmaydigan erkaklarda uchraydi.

Bu qo‘rquv, ayniqsa, ayollarda og‘ir kechadi. Ularning butun o‘y xayollari shu bilan band bo‘lib qoladi. Olimlar bu qo‘rquvni engishning bir qancha turlarini tavsiya etigan. Masalan, ayollarga bunday holatlarda butun diqqat e’tiborlarini bola tarbiyasiga qaratishlari, erkaklar uchun qarilik haqida emas, aksincha oila tashvishi haqida ko‘proq bosh qotirishlari tavsiya etiladi.

9. Zaharlanishdan qo‘rqish.

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Bu qo‘rquv insonda mustaqil shakllanadi. Gigienaga o‘ta darajada ahamiyat beradigan insonlarning aksariyati ana shu qo‘rquvdan azoblanishadi. Shuning uchun bunday kimsalar, ko‘chada yoki mehmonga borishganda ovqatlanishmaydi. Ular o‘zlari ishongan va ko‘ngillariga o‘tirgan taomlarnigina iste’mol qilishadi. Ayrim olimlarning fikricha bu qo‘rquv turi bevosita intuitsiya bilan bog‘liq bo‘lib, aynan ana shunaqa qo‘rquvi bor kishilarning shubhalari ko‘pincha xaqiqat bo‘lib chiqqan.

8. “Qo‘rqoq” degan nom orttirishdan qo‘rqish.

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Xaqiqiy erkaklik tuyg‘ularidan biri – bu masu’liyatning mujassamligidir. Agar o‘g‘il bola yoshligidan to‘g‘ri tarbiya ostida voyaga etsa, unda mardlik tuyg‘usi ham kamol topadi. Ammo afsuski xamma erkaklarda ham bu kabi tuyg‘ular shakllanavermas ekan. Bunaqalar o‘zlarining zaif tomonlarini bilishadi, shu sababdan ham yon-atroflaridagi kishilardan buni berkitishga xarakat qilishadi. Birov ularni qo‘rqoqlikda ayblashlikdan cho‘chib yurishadi. Bunday erkaklar – masu’liyatni o‘z zimmalariga olishni istashmaydi va buni birov bilib qolishdan qattiq qo‘rqib yashashadi. Oilada ham ular ikkinchi darajaga tushib qolishadi.

7. Verminofobiya (bakteriyalardan va mikroorganizmlardan qo‘rqish)

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Bu qo‘rquv ko‘rinishi ham yuqoridagi kabi bevosita gigiena tushunchalari bilan bog‘liq. Balki siz qo‘llarini bir kunda yigirma martalab sovun bilan yuvadigan, uylarini bir kunda bir necha marotaba tozalab chiqadigan va to‘s-to‘polon joylarda bir daqiqa ham qola olmaydigan kishilar haqida eshitmagandirsiz. Bunday insonlar mavjud. Ular hayotlari davomida biror bir xavfli “virus”ni yuqtirib olishdan cho‘chib yashashadi.

Buni qarang-ki, bunday qo‘rquv intellekti yuqori shaxslarni ko‘proq qiynarkan. Yana iqtisodchilarni, yuristlarni va muhandislarni ham. Bunday qo‘rquvning asorati juda xavfli bo‘lib bora-bora insonni tarki dunyo qilishga yoki vasvasga uchrab qolishiga sabab bo‘ladi.

6. Aqldan ozishdan qo‘rqish.

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Bu qo‘rquv turining boshqalaridan farqi shundaki, qachonki insonning ongida anglab bo‘lmaydigan o‘y-xayollar ko‘paysagina, unda ana shu qo‘rquv paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunaqa qo‘rquvi bor kimsalar ruhlar olami sirlarini va dinlar tarixini o‘rganishga kirishishsa, ayrimlari falsafa va fizika fanlariga butun umrlarini baxshida etishadi. Garchi g‘alati bo‘lsada, bu odamlardan ajoyib g‘oyalar chiqadi.

Shu sababli bu kasallik bilan chalingan odamlarning irodasi bo‘shlari, vaqt o‘tishi bilan turli psixodel tabletkalarga yoki giyohvand moddalariga o‘rganib qolishadi.

5. Qizlarga gapirishdan qo‘rqish

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

O‘smirlik paytida, maktab yoki kollejda o‘qib yurgan birorta ham yosh yigit yo‘q-ki, bu qo‘rquv uning boshidan kechmagan bo‘lsa. Albatta, qaysidir payt bu qo‘rquv xamma erkaklarning boshidan o‘tgan. Aslida, buni qo‘rquv emas, balki hayajon, deb atasa ham bo‘ladi.

Buni qarang-ki, erkaklarda bu tuyg‘u hayot yo‘llari davomida ikki bora uchrar ekan. Birinchisi o‘smirlik, ya’ni 15-16 yoshdan to uylangunlariga qadar, ikkinchisi esa qirq yoshdan o‘tganlaridan so‘ng. Ayrim erkaklarda esa bu asorat butun umr saqlanib qolishi mumkin. Bu ko‘proq odamovilik bilan bog‘liq. Har qalay Londonning Sterfon Breyj ilmiy-tadqiqot markazi doktorlarining fikri shunaqa.

4. O‘rgimchaklardan, kalamushlardan, suvaraklardan, ilonlardan, samolyotda uchishdan, jin-ajinalardan, ko‘zgudan, yonib turgan kompyuter monitoridan va baland poshna kiyishdan qo‘rqish.

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Bu qo‘rquvga ega insonlar er yuzida ko‘plab uchraydi va eng qizig‘i bu qo‘rquvning asl mohiyati bir o‘zakka borib taqaladi. Ya’ni, insonning tafakkur doirasiga. Bu tafakkur esa insonning bolalik paytidan boshlab shakllanib kelgan fikrlar majmuini tashkil etadi. Shu sababli kimdir ilondan, yana kimdir oddiy suvarakdan qo‘rqadi.

3. Sotsiofobiya (odamlarning diqqat markazida bo‘lishdan qo‘rqish), agorafobiya (keng maydonga tushib qolishdan qo‘rqish)

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Biz hayotimiz davomida ayrim tuyg‘ularimizni yoki iste’dodimizni odamlardan yashirishga harakat qilamiz. Garchi biror-bir narsaga o‘quvimiz etsada, bizda odamlarning diqqat markaziga tushib qolish qo‘rquvining mavjudligi sabab, jim o‘tirishga majbur bo‘lamiz.

Ana shunday vahimalar bizga yopishib olib, bora-bora tuzalmas qo‘rquv kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Buni zudlik bilan oldini olgan ma’qul. Buning uchun nima qilish kerak. Albatta, psixolog yordami as qotadi. Agar sizda psixolog ko‘rigiga qatnash imkoni mavjud bo‘lmasa, unda yanada oddiyroq yo‘li mavjud. O‘zingizni o‘zingiz bir tushunchaga dasturlang. Atrofingizdagilar ham sizga o‘xshagan odamlar. Ularning sizdan ustun tarafi yo‘q. Ularning ham o‘z muommolari va tashvishlari etarli va unga echim qidirishayapti. Qo‘rqmang, ular ustingizdan kulishmaydi, aksincha, sizni odatiy qabul qilishadi va jon quloqlari bilan tinglashadi.

2. O‘limdan qo‘rqish (akrofobiya, gematofobiya va bosh.)

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Bu anchayin jiddiy va eng ko‘p uchraydigan qo‘rquv turidir. Bu qo‘rquv boyni ham kambag‘alni ham, dononi ham, nodonni ham birdek tashvishlantiradigan tushunchadir. O‘limdan qo‘rqish ham turlicha bo‘ladi. Kimdir yopiq joylardan, yana kimdir qondan, kimdir esa balandlikdan, boshqalar o‘liklardan va og‘riqdan qo‘rqadi.

1. Yolg‘izlikdan qo‘rqish

Biz eng ko‘p nimadan qo‘rqamiz?

Har qanday optimst kishilar ham ana shu qo‘rquv bilan og‘rishadi. Yolg‘izlik dahshatli kuch bo‘lib, u insonni vaqt o‘tgani sari emirib boradi va o‘z og‘riqlariga ko‘nikma hosil qiladi. Shu sababli inson baxtli onlarida biroz mahzun bo‘lib qoladi. Bunga sabab, ana shu baxtli lahzalar o‘tib ketib yana yolg‘iz qolishdan qo‘rqishlikdandir. Yolg‘izlik deganda materiyani, ya’ni jisman yolg‘iz qolishni tushunmaslik kerak. Inson qalban yolg‘iz qolishi – bu u uchun ulkan fojeadir. Shu sababli inson doimo yaxshilikka o‘zini urib yashamog‘i lozimdir. Chunki yaxshilik tushunchasi bor joyda, yolg‘izlik va baxtsizlik tuyg‘ulariga joy qolmaydi.

GRAFF tayyorladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar