Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.08.2016

Sukunat miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157
Sukunat miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi

Ba’zi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bir kun mobaynida sokin sharoitda bo‘lish inson salohiyatining ochilishiga turtki bo‘lar ekan: sukunat xotirani faollashtiradi, ma’lumotni tahlil qilishga yordam beradi va hattoki miya hujayralari o‘sishini rag‘batlantiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, baland tovushlar miya va tanaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shovqinning qon bosimi oshishi, uyqu jarayonining buzilishi va yurak kasalliklarini keltirib chiqarishini aniqlashdi.

Nautilus nashridan Deniel Gross sukunatning inson miyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga doir batafsil izoh berdi. U musiqa tovushi va boshqa shovqin tovushlari bo‘yicha bir necha tadqiqotlarni to‘plab, qiziq natijalarga ega bo‘ldi.

Quyida sukunatning uch ustuvor tomoni haqida ma’lumot beramiz.

Miyaning yangi hujayralari o‘sishi

Dyuk Universitetidan regenerativ biolog Imke Kirste bir guruh sichqonlarni turli shovqin tovushlari ta’siriga tushirib, sukunatni nazorat omili sifatida qo‘llashni rejalashtirgan.

Biroq sichqonlar ikki soat sokin muhitda saqlanganidan keyin ularning gippokampida yangi hujayralar paydo bo‘lishi aniqlandi. Miyaning bu bo‘limi his-tuyg‘ular shakllanishida va axborotning qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatlisiga o‘tishida ishtirok etadi.

“Biz sukunatning yangi hosil bo‘lgan hujayralarga tizimga integratsiyalashishiga haqiqatda yordam berishini aniqladik”

Imke Kirste, regenerativ biolog

Xotirani faollashtirish

Atrofda “tiq” etgan tovush bo‘lmasa-da, bizning miyamiz haddan ziyod hushyor. Masalan, sevimli qo‘shig‘ingizni tinglayapsiz va kutilmaganda u uzilib qoldi. Agar siz qo‘shiqning kuyi va so‘zlarini yaxshi bilsangiz, u miyangizda jaranglashda davom etadi.

Sukunat miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi

Miya xotiradan tanish ohanglar va matnni topib, xuddi qo‘shiq davom etayotgandek tasavvur qoldiradi. Nautilus sahifalarida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat bosh miyaning eshituv qobig‘i izchil ishlashda davom etishi bilan izohlanadi. Hattoki quloqlaringizga hech qanday tovush bormasa-da, miya har doim faol qolishning yo‘lini topadi.

Refleksiyani rag‘batlantirish

Miya tashqi ta’sirlarga duch kelmasa ham, u diqqatni jamlashni to‘xtatib, “saralash tartibi”ga o‘tadi. Bu u butunlay o‘chadi degani emas. Aksincha. Xotirjam holatdagi miya ma’lumot to‘playdi va uni qayta ishlaydi. Bu refleksiya, deb ataladi.

Sukunat miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi

Tashqi tovush qo‘zg‘atuvchilari miyani eshitishga majburlaydi. Atrof jimjit bo‘lsa, miyamiz ichimizda sodir bo‘layotgan narsalarga quloq tutishga majbur bo‘lar ekan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar