Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 319
Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Vaqt shunday tez o‘tadiki, ba’zan sevimli filmingiz ekranga chiqqan sanani ham yoddan ko‘tarasiz. Bu holatda uni xuddi kecha ko‘rgandek bo‘lasiz, biroq oradan bir necha yillar o‘tib ketganligini his qilib, xo‘rsinib qo‘yasiz.

«Garri Potter va hikmatlar toshi» filmining jahon premerasi 2001 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi.

Jahon prokati yakuniga ko‘ra kinokartina 976 mln dollardan ortiq mablag‘ bilan 2 o‘rinni egallaydi. U vaqtda film faqat «Titanik»ga engilgan edi.

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Stiv Jobs dunyoga ajoyib qurilma — iPod'ni namoyish etadi.

Va musiqa shinavandalariga yangi, ajoyib imkoniyatlar ochib beradi.

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Dreamworks Pictures kinostudiyasi bizlarni g‘aroyib, yashil bahaybat Shrek bilan tanishtiradi.

«Shrek» tarixda ilk to‘liq metrajli multfilmga aylandi va eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film sifatida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritadi.

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Pixar studiyasi esa, o‘z navbatida, «Maxluqlar korporatsiyasi»ni namoyish etadi.

Pixar tufayli biz maxluqchalar borligini bilib oldik va ularni chin dildan yoqtirib qoldik.

G‘aroyib chaqaloq Bu yodingizdami? U paydo bo‘lishi bilan maxluqlar hayoti o‘zgarib ketadi. Unga ovoz bergan Meri Gibbs juda kichkina qizcha edi. U kerakli so‘zni aytishi uchun turli o‘yinlar o‘ynashar edi. Hozir Meri 20 yoshda!

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Tarmoqlarda «Vikipediya» ishlay boshladi.

Hozir esa etti xil azob — birgina javob!

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Windows XP operatsion tizimi ishlab chiqildi.

Hozirda ko‘plab zamonaviy dasturlar Windows XPda ishlamaydi.

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Rejissyor Piter Jekson taniqli «Uzuklar hukmdori» kinotrilogiyasining birinchi qismini taqdim etdi.

Ha shunday. Hozir esa biz — shu "uzuklar" muxlisimiz.

Oradan 15 yil o‘tganiga ishonish qiyin bo‘lgan voqealar

Rejissyor Kris Nolan tasavvurimizni "Esla"(Memento) filmi bilan lol qoldirdi.

Psixologik detektiv «Esla» Memento Mori hikoyasi asosida Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan. Filmning asosiy qahramoni Leonard amneziya tufayli xotirasida hech nimani 15 daqiqadan ziyodroq ushlab tura olmaydi.

Siz ham 15 yosh kichik bo‘lgansiz!


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar