Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.08.2016

Aviakompaniya samolyot bortida tug‘ilgan qizchaga misli ko‘rilmagan ajoyib sovg‘a tayyorladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 158
Aviakompaniya samolyot bortida tug‘ilgan qizchaga misli ko‘rilmagan ajoyib sovg‘a tayyorladi


Gohida chaqaloqlar yorug‘ dunyoga kelishga shu darajada shoshilishadiki, to‘lg‘oq jarayoni istalgan payt, istalgan joyda ro‘y berishi mumkin. Aynan shu holat Dubaydan Manilaga parvoz qilayotgan samolyot bortida tug‘ilgan Xeyven ismli qiz bilan sodir bo‘ldi.

Uning onasida to‘lg‘oq alomatlaridan hech narsa yo‘q edi, chunki homilador ayolning ko‘zi yorishiga besh hafta qolgan edi. Bizningcha, Xeyven samoda bo‘layotgan parvoz paytini qo‘ldan boy bergisi kelmagan va aynan mana shu damlarda yorug‘ dunyoga talpingan.

Aviakompaniya samolyot bortida tug‘ilgan qizchaga misli ko‘rilmagan ajoyib sovg‘a tayyorladi

Aviakompaniyadagilarning so‘zlariga ko‘ra, bu ekipaj a’zolari uchun birinchi ana shunday holatdir. Ammo ular o‘zlarini yaxshi tutishgan va tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirishgan. Shuningdek, yo‘lovchilar orasida hamshira ham topilgan. Yosh bolasi bor yo‘lovchilar esa yangi onaga kichkintoyga zarur narsalarni berib, ko‘mak ko‘rsatishgan.

Barchasi tezda, ortiqcha qiyinchiliklarsiz sodir bo‘lgan. Tug‘uruq jarayonidan ko‘p o‘tmay, ona o‘z o‘rniga qaytgan.

Layner kapitani ona va uning bolasini shifoxonaga eltish uchun Hindistonga qo‘nishni amalga oshirgan. Albatta, bu voqea sabab parvoz vaqti kechikib qolgan, ammo yo‘lovchilardan hech biri bundan ranjimagan. Aksincha, ular mana shunday baxtli lahzalarga guvoh bo‘lishganidan mamnun bo‘lishgan.

Aviakompaniya samolyot bortida tug‘ilgan qizchaga misli ko‘rilmagan ajoyib sovg‘a tayyorladi

Eng yaxshisi chaqaloqqa nasib qilgan. Cebu Pacific Air aviakompaniyasi rahbariyati qizaloqqa million aviamil sovg‘a qilgan. U ushbu millardan butun dunyoga parvozda foydalanishi mumkin. Ushbu sovg‘a besh million filippin pesosiga yoki 108.000 AQSh dollariga teng. Aviamillardan foydalanish vaqti erkin. Undan nafaqat Xeyven, balki uning oila a’zolari ham foydalanishlari mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar