Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 423
Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilari o‘rtasidagi turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Fazliddin G‘oibnazarov yarim final jangini o‘tkazdi.

Rossiyalik Vitaliy Dunaytsevga qarshi jang qilgan hamyurtimiz irodali jang qilib hakamlar bahosiga ko‘ra g‘alaba qozondi va finalga chiqdi. Yakuniy hisob 2:1 (28:29, 30:27, 29:28).

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Fazliddin 1/16 finalda kongolik Malonga Dzalamouni, 1/8 finalda esa hindistonlik Manoj Kumarni, 1/8 finalda esa amerikalik Garri Russelni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Fazliddin G‘oibnazarov boks bellashuvlarining finaliga yo‘llanma olgan Hasanboy Do‘stmatov, Shahram G‘iyosov hamda Bektemir Meliqo‘ziev va Shahobiddin Zoirovdan keyin beshinchi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga aylandi. Uning finaldagi raqibi germaniyalik Artem Xarutyunyan va ozarbayjonlik Sotomayor Gollazo Lorenzo o‘rtasidagi jangda aniqlanadi.

Bu bilan barcha o‘zbekistonliklarni, shu jumladan Fazliddinni 16 yildan buyon shug‘ullantirib keladigan, ayni vaqtda uning ishtirokini O‘zbekistonda turib kuzatayotgan Abror Tursunpo‘latovni tabriklaymiz.

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov final masalasini hal qildi.

Yarim finalda Venesuela vakili, 19 yoshli Yoel Finolga qarshi ringga ko‘tarilgan Zoirov osonlik bilan g‘alaba qozondi. Yakuniy natija: 30-26, 29-27, 29-27.

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Rio-2016. Ikki o‘zbek bokschisi finalda

Endi unga finalda rossiyalik Misha Aloyan va xitoylik Xu Jianguan juftligi g‘olibi raqiblik qiladi. Final 21 avgustga belgilangan.

Shahobiddin Zoirov Rio—2016 dagi birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni, nimchorak finalda amerikalik Antonio Vargasni, chorak finalda ozarbayjonlik Elvin Mamishzodani enggandi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar