Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Maykl Felpsga o‘xshashni xohlaysizmi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120
Maykl Felpsga o‘xshashni xohlaysizmi?

Dunyoning eng mashhur suzuvchilaridan biri Maykl Felpsning parhezi allaqachon afsonaga aylanib ulgurgan. Oddiy inson uchun u iste’mol qiladigan kaloriyalar soni dahshatli tuyulishi mumkin, sportchining kundalik ratsionini butun bir haftaga etkazish mumkin.

2008 yilda Pekinda o‘tkazilgan musobaqalardan oldin Felps bir kunda taxminan 12 000 kkal iste’mol qilishini aytgan. Keyinroq sal oshirib yuborganini tan olgan, biroq u haqiqatda juda ko‘p taom egan.

Parhez

Maykl Felpsga o‘xshashni xohlaysizmi?

Sportchining kuni tuxumli sendvichlar bilan boshlangan, keyin u quymoq va shokolad, frantsuz tostlari, don mahsulotlari va protein zahiralarini to‘ldirish uchun beshta tuxumdan omlet iste’mol qilgan.

Mayklning tushligi pishloq va vetchinali bir necha sendvichlar, biror bir quvvatbaxsh ichimlik va pastadan iborat bo‘lgan.

Kechki ovqatga esa butun bir pitstsani eb, yana yarim kilogramm pasta qo‘shishi mumkin edi.

2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Felpsning parhezi unga sakkizta oltin medalni qo‘lga kiritishga etarli kuch bergan. Riodagi natijalari bundan biroz kam, lekin ular ham barchada katta taassurot qoldirmoqda. Hozir uning nonushtasi bir finjon qahva, mevalar, suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa (katta idishda) va pishloq hamda vetchinali katta omletdan iborat. Tushlikka qiymali sharchalar solingan katta sendvich, kechki ovqatga esa don mahsulotlaridan tayorlangan birorta taom, yog‘siz go‘sht va sabzavotlar eyishi mumkin.

Mashqlar

Maykl Felpsga o‘xshashni xohlaysizmi?

Suzish sporti yugurish kabi ko‘p kaloriyani emaydi, biroq Felps o‘zining mashg‘ulotlar jadvali bilan istaganicha taom tanovul qilishi mumkin. U deyarli har kuni 5-6 soat mashq qiladi. Ba’zan bir kunda ikkita mashhulot o‘tkazadi. Maykl shunchaki suzibgina qolmay, u suvda maxsus mashqlar bajaradi va qo‘shimcha uskunalarni qo‘llaydi. Qo‘shimcha uskunalar bilan mashq qilish oyoqlar, qorin mushaklari va tananing boshqa qismlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Hovuzdagi mashqlarga haftasiga uch marta (dushanba, chorshanba, juma kunlari) qo‘shimcha vazn mashg‘ulotlari qo‘shilgan. Felps tortishish mashqlarini o‘z vaznida bajarishni xush ko‘radi. Ular mushaklar kuchi va chidamlilikni oshirib, qo‘shimcha vazn mashqlari kabi uni qo‘pol va beso‘naqay bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar