Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.08.2016

Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 500
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Londondagi Yuz kosmetologiyasi markazi shifokori Julian da Silva Qadimgi Yunonistonning oltin nisbat tamoyillariga asoslanganda, dunyodagi eng chiroyli yuz qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligini aniqlashga qaror qildi.

Shifokor mashhur ayollardan qaysi birining yuzi eng mukammal ekanligini hisoblab chiqdi. Hech kimning yuzi 100 foiz darajada chiroyli va simmetrik bo‘lib chiqmadi. Biroq aktrisa Ember Xyord mukammallikka 91,85 foiz darajada yaqin keldi. Bunda butun yuz hisobga olindi.

Ikkinchi o‘rinni Kim Kardashyan (91,39 foiz), uchinchi o‘rinni esa Keyt Moss (91,06 foiz) egalladi. Eng chiroyli mashhur ayollar o‘nligiga, shuningdek, Emili Ratakovski, Kendall Jenner, Xelen Mirren, Skarlett Yoxansson, Selena Gomes, Merilin Monro va Jennifer Lourens kiritildi.
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Emili Ratakovski
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Keyt Moss
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Kim Kardashyan
Shuningdek, Julian da Silva har bir mashhur ayolning yuzidagi eng yaxshi qismlarni olib, oltin nisbat standartlariga maksimal darajada yqinlashtirilgan qiz portretini “yasadi”.

Bunda quyidagi “yulduz”lar donor sifatida olindi:

Yuz ovali (iyak): Rianna, 91% (mukammallik koeffitsiyenti)

Peshona: Keyt Moss, 98,8%

Qosh: Kim Kardashyan, 94,85%

Ko‘z: Skarlett Yoxansson, 97,75%

Burun: Ember Xyord, 99,6%
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)
Burun: Ember Xyord, 99,6%
Bularning barchasi bitta yuzga “jamlanganida”, quyidagicha portret yasaldi:
Dunyodagi eng chiroyli chehra aniqlandi (foto)

Oltin nisbat matematik jihatdan irratsional son bo‘lib, taxminan 1,618 ga teng. Foizga aylantirilganida oltin nisbat qandaydir kattalikni 62 foizning 38 ga nisbatiga bo‘lish demakdir.

Ushbu nisbatga rioya qiladigan proporsiyalarni inson yuzida ham kuzatish mumkin. Ushbu mutanosibliklarda o‘zaro nisbat qanchalik katta bo‘lsa, tashqi ko‘rinish atrofdagilar uchun shunchalik yoqimli bo‘ladi.

Manba: Ayol.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar