Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.08.2016

Eng kuchli 10ta smartfon

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 300
Eng kuchli 10ta smartfon

Mobil qurilmalar uchun taniqli benchmark hisoblangan AnTuTu 2016 yil iyul oyi oxiridagi holat bo‘yicha eng kuchli smartfonlar reytingini tuzib chiqdi. O‘tgan oyning natijalariga solishtirilganda xitoylik brendlar boshqa kompaniyalar smartfonlarini chetlashtirishga harakat qilishiga qaramay, ishtirokchilar ro‘yxati deyarli o‘zgarmagan.

Eng kuchli 10ta smartfon

Reytingning avvalgi etakchisi Vivo X5 Play Elite 138 706 ball hisob bilan birinchi o‘rinni xitoy kompaniyasi OnePlus'ning «flagmanlar qotili»ga bo‘shatib berdi. Snapdragon 820 chipseti joylashtirilgan OnePlus'ning yangi qurilmasida 2.2 GGts soat tezlik, 6 GB operativ va 64 GB ichki xotira mavjud bo‘lib, u 140 288 ball to‘plagan.

Eng kuchli 10ta smartfon

Vivo X5 Play Elite smartfoni ham huddi shunday protsessorga ega, soat tezligi esa 2.15 GGts. Lekin disk maydoni ikki barobar katta - 128 GB.

Eng kuchli 10ta smartfon

LeEco Le Max 2 smartfoni esa 138 026 ball natija bilan uchinchi pog‘onani zabt etdi. Apparatda 2.15 GGts soat tezlik bilan Snapdragon 820 chipi mavjud. Operativ va ichki xotira hajmi - 6 GB i 64 GB.

AnTuTu talqini bo‘yicha eng kuchli smartfonlar top o‘ntaligida to‘rtinchi o‘rin iyun oyida namoyish etilgan 6 GB operativ xotira, 64 GB disk maydoni, 2.15 GGts soat tezlik bilan 820 protsessorili Nubia Z11 qurilmasiga berildi. Smartfon 137 685 ball to‘plagan.

Top-10 reytingining qolgan o‘rinlarini ZUK Z2 Pro, Xiaomi Mi 5, Samsung Galaxy S7 Edge, iPhone 6s Axon 7 va iPhone SE bo‘lishib olishdi. Tahlilchilar fikriga ko‘ra, 2 avgust kuni taqdim etilgan Samsung Galaxy Note 7, shuningdek, tez orada namoyish etiluvchi Asus Zenfone 3 Deluxe, 8 GB operativ xotiraga ega deb bashorat qilinayotgan LeEco flagmani va yangi iPhone'ning bozorlarga kirib kelishi bilan reyting natijalari yil so‘ngiga qadar o‘zgaradi.

Eng kuchli 10ta smartfon

Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar